Ekologiya haqida slayd

Ekologiya haqida slayd

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya haqida slayd - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya Reja: 1. Amaliy ekologiya tushunchasi va tizimi. 2. Atmosferaning ifloslanishi. 3. Transport ekologiyasi: aviatsion; temir yo'l; avtomobil. 4. Sanoat va qurilish ekologiyasi. 5. Suv va suv havzalarining ifloslanishi. Amaliy ekologiya tabiatdan foydalanishning aniq masalalarini hal etishga, tabiatga ta'sir etish darajasini, tabiiy tizimlarni boshqarish usullarini ishlab chiqishga hamda insonning turli-tuman faoliyatini ekologiyazatsiyalashga qaratilgan. Amaliy ekologiya atrof tabiiy muhit va tirik organizmlarning o'zaro aloqasini, inson va tabiatning o'zaro munosabati muammolarini, tabiiy muhitning o'zgarish darajasi va uni muhofaza qilish masalalarini o'rganadi. Bugungi kunda ekologiya hal etishi zarur bo'lgan asosiy amaliy vazifalar quyidagilardan iborat: Amaliy ekologiya tizimi quyidagilardan tashkil topgan: Uy-ro'zg'or, sanoat va ekologik zararli omillar kasallik keltirib chiqarishi yoki uni kuchaytirib yuborishi mumkin. Agarda zararli omil aniqlanmasa va yo'qotilmasa davolash kasallik sababini emas, faqatgina uning belgisini yo'qotishga yo'naltirilgan bo'ladi. Bu holat yuzaki yaxshi bo'lgan kabi tuyulsa-da, aslida davodan umuman naf bo'lmasligi mumkin, chunki aholi salomatligiga ta'sir qiluvchi sabab aniqlanmasdan qolaveradi. Hozirgi vaqtda zararli omillarni kasallik kelib chiqishiga va o'limga to'g'ridan-to'g'ri sababchi degan to'liq ma'lumotlar yo'q, lekin bemorlar kasallik tarixini diqqat bilan o'rganib chiqilsa bu omillarning 10 % idan ortig'i bemorlarni trapevtik statsionarga yotishiga sbabchi bo'lishini aniqlash mumkin. Nafas olish va tayanch-harakat organlari zararlanishi miqdori esa bu ko'rsatkichdan ham ko'p. AQSHda har yili yangi kasb kasalliklari bilan 125 mingdan 350 minggacha bemorlar ro'yhatga olinadi. Atmosferaning ifloslanishi -atmosfera tarkibi va xossalarining inson salomatligi, hayvonlar, o'simliklar va ekosistemalarga salbiy ta'sir ko'rsatadigan o'zgarishi. Atmosfera tabiiy va sun'iy yo'llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang to'zonlar, o'rmon, dashtlardagi yong'inlar, o'simlik changlari, mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun'iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar kiradi. Hozirgi vaqtda atmosfera ifloslanishining 75% i tabiiy manbalarga va 25%i antropogen manbalarga to'g'ri keladi Atmosferaning kimyoviy, fizik, akustik (shovqin), issiqlik, elektromagnit ifloslanishi yirik shaharlar va sanoat rayonlarida yuqori darajaga yetgan. Atmosferaning eng xavfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Radioaktiv ifloslanishning asosiy manbalari yadro qurolining sinovlari, atom elektrostansiyalaridagi faloqatlar hisoblanadi. Radioaktiv ifloslanish rak va boshqa kasalliklarning ortishiga olib keladi. Havoning kuchli ifloslanishi inson sog'lig'iga, barcha jonzotlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shaharlar va sanoat hududlarida kishilar o'rtasida asab, yurak-qon tomir, surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va o'pka raki kasalliklarining ko'payishi kuzatiladi. Ko'z kasalliklari va bolalar kasalliklarining ortishi qayd qilingan. Shahar havosida sanoat korxonalari va avtotransport chiqindilarida kanserogen moddalar bo'lib (benz(a)piren, aromatik uglevodorodlar), ularning surunkali ta'siri natijasida rak kasalliklari kelib chiqadi. Avtotransportning chiqindi gazlaridagi qo'rg'oshin birikmalari ham inson sog'lig'i uchun ayniqsa havfli hisoblanadi. Atmosferaning 20-30 km oralig'ida joylashgan o'ziga xos himoya qobig'i - ozon (O3) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.09 MB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga