Reja: 1. Tabiat va jamiyat, ular o'rtasidagi o'zaro munosabat shakllari va qarashlar tizimi. 2. O'zbekistonning ekologik siyosati 3. Ekologiya huquqining tushunchasi, xususiyatlari va umumiy ekologiya tizimida tutgan o'rni. Tabiat - keng ma'noda - butun borliq, olam va uning xilma-xil shakllari; tor ma'noda - kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo'lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat va tabiat tizimini ko'rib chiqayotganda ikkinchi tor ma'nodagi tushuncha qo'llaniladi. Chunki inson o'zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balkim uni o'rab turuvchi va uning ta'siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanishi mumkin. Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o'rtasida to'xtovsiz va xilma-xil o'zaro ta'sirlar ro'y berib kelgan. Ammo tabiat insonlarsiz bu moddiy dunyoda hukm surib kelgan, lekin insonlar tabiatning bir bo'lagi bo'lib, ular tabiatsiz hayot kechira olishmaydi. Insonlar o'z hayoti uchun zarur bo'lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh uchun xom ashyo, qurilish uchun binokorlik materiallari, nafas olish uchun atmosfera havosi, ichish uchun suv, dam olish uchun go'zal landshaftlar va h.k. Shunday qilib inson hayoti davomida foydalanilgan hamma narsalar tabiiy modda va kishilar faoliyatining mahsulidir. Inson - tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi individ. Inson tarixiy - jamoat jarayoni subyekti bo'lib, u Yer kurrasidagi moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan genetik bog'langan holatda, lekin ulardan ongining yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi, nutqning rivojlanganligi, ijodiy faolligi, hamda axloqiy, ma'naviy va ruhiy o'z o'zini anglay olishi bilan ajralib turadi. Jamiyat - keng ma'noda insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmui yoki tor ma'noda - ijtimoiy munosabatlarning konkret tipi. Shunday qilib, aqliy mehnat faoliyatiga ega bo'lgan insonlar yig'indisi bo'lgan jamiyat atrof tabiiy muhit bilan passiv (sust) emas, balkim aktiv (faol) ta'sir doirasida bo'lishi mukarrardir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O'zbekiston XXI bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va rivojlanish kafolatlari degan asarida Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo'l qovushtirib o'tirish o'z-o'zini o'limga maxkum etish bilan barobardir1 degan edilar. Agarda jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga inson hayotining tarixi nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, ularni quyidagi munosabat shakllariga ajratsak bo'ladi: oddiy, oddiy-iqtisodiy, iqtisodiy, iqtisodiy-ekologik, ekologik. Jamiyat va tabiat o'rtasidagi oddiy munosabat shakli - kishilarni ekologik tizimni buzmaydigan soddalashtirilgan hayot tarzi. Ekologik tizim (ekotizim) - tirik organizmlar majmui va ularning yashash muhiti yig'indisi bo'lib, tirik organizmlar o'zaro va atrof tabiiy muhit bilan uzviy aloqadorlik qonuniyati asosida bo'lgan holati. Bu shakl kishilarning ibtidoiy jamoa tuzumidagi hayot tarziga, ya'ni insoniyat ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.91 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.91 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc