Reja: 1 . Ekologiya nazoratining tushunchasi, maqsadi, vazifasi va usullari. 2 . Ekologiya nazoratining tizimi. 3 . Ekologik ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari. 4 . Ekologik ekspertiza tizimi. Ekologiya nazorati - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo'mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o'rganish va kuzatish chora-tadbirlarni qo'llash bilan bog'lik siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar iyg'indisini o'z ichiga oladi. Ekologiya nazoratining asosiy maqsadi atrof tabiiy muhit barqog'arorligini saqlashdan iborat bo'lib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini taqozo etadi. Hozirgi va kelajak avlodga barqaror atrof tabiiy muhitni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunining 29-moddasiga asosan, ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida qo'yidagilar belgilangan: -atrof tabiiy muhit holatini hamda xo'jalik yuritish va boshqa faoliyat ta'siri ostida unda bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatib borish; -atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sog'lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajaralishini tekshirish1. Ekologiya nazorati murokkab jarayonni o'z ichiga oladi va turli xil chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishni taqazo etadi. Ekologiya nazorati jarayonida qo'yidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: - atrof tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatish, axborot jamlanmasini shakllantirish; - atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta'sirlarni o'rganish; - ishlab chiqarish va xo'jalik yuritish jarayonining barcha jabhalarida ekologik qonunchilik qoida-talablariga rioya etilishini tekshirish; - ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning belgilangan amalga oshirilishini tekshirish; - tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ruxsatnomalar berish; - ekologik qoida-talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash, ogohlantirish, javobgarlikka tortish; - aholi orasida ekologik qonunchilik qoida-talablarni targ'ib va tashviqot qilish va boshqalar. Demak, ekologiya nazorati bilan bog'lik murakkab faoliyatini olib borishda ekologiya nazorati subyektlari tomonidan qo'yidagi asosiy tashkiliy-huquqiy usullar qo'llaniladi: Kuzatish - atrof tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganish va ma'lumotlarni to'plash; Umumlashtirish - atrof tabiiy muhit holatiga zararli va xavfli ta'sirlarni aniqlash, tahlil qilish asosida ma'lumotlarni tasniflash. Baholash - antropogen faoliyat ishlarining zararli, xavfli va noqonuniyligini aniqlash. Ruxsatnoma berish - yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish; Ogohlantirish, cheklash va to'xtatish - ekologik xavfli va zararli xo'jalik va boshqa faoliyatni cheklash, vaqtincha to'xtatib qo'yish va bekor qilish; Javobgarlikka tortish - ekologik qoida-talablarni buzgan, yuridik va jismoniy shaxalarga nisbatan ma'muriy-huququqiy ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.85 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.85 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc