Ekologiya predmeti, maqsadi va vazifalari

Ekologiya predmeti, maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya predmeti, maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: Ekologiya predmeti, maqsadi va vazifalari. Autekologiya va sinekologiya. Ekologiyaning tarixi. Ekologiya obyektlarini kuzatish usullari. Ekologiyaning qishloq xo'jaligida va inson hayotidagi ahamiyati. Ekologik muammolar. Tayanch iboralar: Biogeotsenoz, ekosistema, autekologiya, sinekologiya, fitosotsiologiya, jamoa, populyatsiya, gerbitsid, pestitsid, issiixona samarasi, ozon qatlami, landshaft, resurs, radioaktiv ifloslanish. 1. Ekologiyaning predmeti, maqsadi va vazifasi. Autekologiya va sinekologiya. Ekologiya yunoncha oikos (eykos) - yashash joyi, makon va «logos» - fan, so'zidan olingan bo'lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatini o'rganadigan biologik fan hisoblanadi. Ekologiya muhit omillarining o'simlik va hayvonlar organizmiga ta'sirini, organizm va populyatsiyaning muhit omillariga ko'rsatadigan reaksiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizmlarni (jarayonlarni), tabiiy guruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosistemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani o'rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, u inson ta'siriga qanday javob beradi bularning barchasi ekologiyaning predmetidir. Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha injiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat inomlaridan foydalanadi, quradi, bunyod etadi. Odatda inson biror maqsadni ko'zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki ko'pincha salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Kishilar o'zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, buning atrof muhitning o'simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir salbiy ta'siri bo'ladi, natijada tabiat kambag'allashib boradi. Inson qurilish materiallari sifatida tabiiy o'rmonlarni keragidan ortiqcha kesadi, demak o'simlik dunyosi qisqarib, u o'z navbatida atmosfera havosini musaffo bo'lishiga rahna tug'diradi, tuproq eroziyaga uchraydi, yer osti suvlari kamaya boradi, ko'chkilar paydo bo'lib, sel natijasida jarliklar hosil bo'lishi mumkin. Bu lavha insonning tabiatga ko'rsatgan ta'siridan bir parcha xolos. Tabiatga nisbatan ko'r-ko'rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida og'ir asorat qoldirishi mumkin. Bizni o'rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir muvozanatga kelganki, uning bir bo'lagiga etkazilgan ozor boshqa bo'laklariga ham salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Tabiatga ta'sir etishda bazi jiddiy xatolarga yo'l qo'yilishi mumkin ekanligini Orol fojiasi misolida yaqqol ko'rsatish mumkin. Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o'rtasidagi o'zaro munosabat masalalarini jadal o'rganmoqda. Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta'sirida tabiat o'zgarishlarini oldindan ko'ra bilish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo'llarini o'rganish, zararkunandalarga qarshi kurashning zararsiz va samarador usullarini yaratish, sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish. Ekologiya umumiy va xususiy yoki tarmoqli bo'ladi. Umumiy ekologiya yoki sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va ekosistemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funksional prinsiplarini, xususiy ekologiya yoki autekologiya esa ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o'zaro munosabatini, turlarning muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.41 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.41 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga