Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi - rasmi

Material tavsifi

REJA: 1. Kirish 2. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va tizimi. 3. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organlarining tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo'yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi. Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy kirsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy kirsatmalar ko'p marotaba qo'llanadigan, ya'ni ular tomonidan qabul qilingan me'yoriy shujjatlarda belgilanadi, yoki bir marotaba qo'llanadigan, ya'ni ma'lum bir yoki bir necha subyektga taluqli, masalan, huquqbuzarlikni to'xtatish bo'yicha ko'rsatmalardan iborat bo'ladi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijroya etish va farmoyish berish faoliyati atrof tabiiy resurslar to'g'risidagi qonun hujatlarining bajarilishini ta'minlashga qaratilgan. Ekologiya soshasidagi davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan: Boshqarishning qonuniylikka asoslanishi, ya'ni davlat boshqaruv organlarining ekologik munosabatlarni tartibga solishda faqat qonun hujatlarida belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi; Tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, ya'ni ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham har bir tabiiy resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta'minlanishiga qaratiladi. Bundan tashqari, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari ham hududiy ham tarmoq bo'ysunishda shakllantiriladi, masalan, ushbu organlarning hududiy bo'linmalari Respublika tarmoq organlari (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, qishloq va suv xo'jaligi vazirligi)ga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo'ysunadilar; Ekologiya masalalarini hal qilishda har tomonlama yondoshishga, ya'ni tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishda Respublika xalq xo'jaligi va aholini tabiiy resurslarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash; Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda tabiiy resurslardan foydalanish va nazorat qilishni ajratish, ya'ni ekologiya sohasida tabiiy resurslardan bevosita foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo'lmasligida, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarini shakllantirish hamda ularni faoliyatlarini tashkil qilishda foydalanish va nazorat qilish vakolatlarini tartibga solishda ifodalanadi. Masalan, qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzurida o'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi o'rmondan foydalanishni tashkil qiluvchi davlat organidir va uning korxona, tashkilotlari, o'rmon xo'jaliklari o'rmondan asosiy foydalanuvchilar bo'lib hisoblanadi. Ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat boshqaruv organlari boshqarish uslublarini, ya'ni ijtimoiy munosabatlar subyektlariga davlat ta'sir kirsatish usullarini qo'llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish, rozilik berish, majburiy kirsatmalar berish kiradi. Davlat boshqaruvining ruxsat berish uslubi asosan tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda qo'llaniladi. Tabiiy resurslardan maxsus foydalanish faqat vakolatli davlat organlarining ruxsati asosida vujudga keladi. Rozilik berish (sankiyalash) uslubi deb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.78 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.78 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga