Ekologiya sohasida xalqaro xamjihatlik

Ekologiya sohasida xalqaro xamjihatlik

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya sohasida xalqaro xamjihatlik - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya sohasida xalqaro xamjihatlik Reja: 1. YENEP - BMT ning atrof muhit haqidagi dasturi 2. Tabiatning yosh do'stlari va yosh naturalistlar haqida 3. EKOSAN xalqaro jamg'armasi 4. Orol va Orolbo'yi muammosi 5. YuNESKO ning inson va biosfera haqidagi dasturi Tayanch iboralar: biosfera, monitoring, chiqindisiz texnologiyalar, naturalistlar, antropogen, sanologiya, savanna. Atrof - muhitni va biosferani muhofaza qilish, asrash, avaylash borasida Birlashgan Millatlar tashkiloti YuNESKO va boshqa birlashmalar, jamg'armalar o'z dasturlarini qabul qilganlar. 1. YENEP - BMT ning atrof muhit haqidagi dasturi 1972 yilda Stokgolmda BMT konferentsiyasida qabul qilindi. Bu konferentsiyada quyidagi masalalarga e'tibor berildi: 1. Atrof-muhitning ifloslanishini va degradatsiya bo'lishiga qarshi xalqaro masshtabda koordinatsiya ishini kuchaytiradi. 2. Atrof-muhit monitoringi haqida global tizim hosil qilish. 3. Atrof-muhit haqida xalqaro spravochnik tizimini hosil qilish. 4. Kam va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish. 5. Dengiz muhitini ifloslanishidan saqlash. 6. Rivojlangan mamlakatlarga ekologik masalalarni yechishda ilmiy-texnikaviy yordam berish. 7. Atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro huquq normalarini muvofiqlashtirish. Atrof-muhitni muhofaza qilishda har bir davlatning milliy huquq normalari haqida qonunlar qabul qilish. YuNEP ni shtab kvartirasi Noyrobi shahri (Keniya) da joylashgan. 2. Tabiatning yosh do'stlari va yosh naturalistlar haqida Tabiatning yosh do'stlariga 16 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar kiradi. Maktablarda va boshqa o'quv maskanlarida tabiatni muhofaza qilishning boshlang'ich tashkilotlari tuziladi. Tabiatning yosh do'stlari quyidagi ishlarni amalga oshiradi: tabiat haqidagi fan asoslarini o'rganib ona tabiatga tabiatni muhofaza qilishga, o'simliklar va hayvonot-dunyosiga nisbatan o'quvchida mehr uyg'otadi. tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanishga o'rgatiladi. Yosh tabiatshunoslarning keyingi paytda yashl patrul, CHumoli, tirik kumush va archa degan nazoratchilar mavjud. Yosh naturalistlar. Bu tashkilot 1918 yilning 15 iyunida Moskvada tashkil bo'lgan. Yosh maktab va bog'cha bolalari jalb etilgan tashkilot. Vazifasi tabiatni o'rganish va tabiatni muhofaza qilishdir. Viloyatlarda, katta tumanlarda yosh naturalistlar stantsiyalari tashkil etilgan bo'lib ular Respublika yosh naturalistlar stantsiyasiga qaraydi. 3. EKOSAN xalqaro jamg'armasi EKOSAN ekologiya va sanologiya (salomatlik) xalqaro jamg'armasi 1980 yillarning oxirlarida tashkil etilgan. EKOSAN xalqaro jamg'armasi quyidagi ishlarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona ekologik siyosatini yurgizish. Markaziy Osiy Respublikalarida va regionlarda atrof-muhit va inson sog'ligi uchun moliyaviy yordam ko'rsatish. O'zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun atrof-muhit uchun yetarli ma'lumotlar bilan fikr almashinish. Antropogen ta'sirini kamaytirish uchun o'zaro bog'liq bo'lgan ekotizm, sanosfera va inson sog'ligiga ta'sir etuvchi omillarning sabab natijalarini o'rganish. Atrof-muhitni muhofaza qilish ekotizimlarni degradatsiya va regeneratsiya masalalari bo'yicha kompleks ilmiy tadqiqot ishlar olib borish va tadbirlar ishlab chiqarish. Markaziy Osiyo Respublikalarining tarixiy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olib sog'lom hayot tarzini shakllantirishni tezlashtirish. Sog'lom hayot tarzini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.12 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.12 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga