Ekologiya strukturasi, predmeti, vazifalari Reja: Ekologiya predmeti va vazifalari. Odam va kishilik jamiyati ekologiyasi. Hozirgi zamon ekologiyasining asosiy vazifalari. Autekologiya - alohida organizmni, uning atrof muhit bilan o'zaro aloqalarida tadkid etadi. Uning hayoti va o'zini qanday tutishini o'rganadi. Autekopogiyada organizm gue tizimining boshqa komponentlaridan ajratib olinadi Shunday qilib, autekologiya alohida zotning muhit bilan o'zaro ta'sirini o'rganadi Ba'zan autekalogiyaga kengroq qarab, uning vazifasiga bir turga mansub alohida zotlar guruhini o'rganishni tushuniladi. Ammo bu tadqiqot u yoki bu turning biologik xususiyatlarini tushunib olish, uning o'zgarib turadigan atrof muhitda o'zini qanday tutishi va miqdorini oldindan aytish, buning ustiga ularni inson manfaatlari yo'lida boshqarish imkonini bermaydi. Sinekologiya - organizm guruhlarini, ularning dialektik bo'limida va o'zaro aloqada har tomomlama o'rganadi. Ekologiya, shuningdek tadqiqotning aniq obyektlari va muhitlari bo'yicha ham tasniflanadi. Masalan, odam va hayvonlar ekologiyasi o'simliklar ekologiyasi, mikroorganizmlar ekologiyasiga ajratiladi. Tadqiqotni suda, tuproqda, atmosferada, fazoviy bo'shliqda o'tkazish mumkin. Tirik organizmlar tropik, mutodiy va qutbiy iqlim sharoitlarida, tabiiy yoki o'zgartirilgan muhitlarda hayot kechiradi. Odam va kishilik jamiyati ekologiyasi alohida makonga egadir. Inson ekologiyasi deganda, avvalo, biosfera va antropotizimlarning o'zaro munosabatlarini, ularning umumiy qonunini, tabiiy muhitning inson va odamlar guruhiga ta'sirini o'rgatuvchi bir necha fanning majmui tushuniladi. Ekologiya fan sifatida biologiyaning turli sohalariga asoslanadi, shuningdek, bialogiyadan tashqari fanlar bilan bog'langan. Inson va mashinalar o'zaro munosabatlari to'g'risidagi fan ergonomika nomini olgan. Bir-biridan uzoq bo'lib ko'ringan bu bilim sohalarini ekologiyaga aloqadorlik birlashtiradi. hozirgi zamon ekologiyasining asosiy vazifalarini quyidagicha ta'riflash mumkin. 1.Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini, biosferaga antropogen ta'sir munosabati, qonuniyatlarini tadqiq etish. 2 Biologiyaviy boyliklardan oqilona foydalanish, biosferada kechadigan jarayonlarni boshqarish va inson yashaydigan muhitni saqlab qolish. 3.Polulyatsiiyalar miqdorini tartibga solish. 4.Agrosanoat kompleksida kimyoviy vositalarni kam ishlatilishini ta'minlash. 5.Buzilgan tabiiy tizimlarini tiklanishidan chiqqan qishloq xo'jalik ekin maydonlarini yana ishga solish, tuproq hosildorligini, epotizmlar mahsuldorligini tiklash. 6 Muhit sifatini saqlash va yaxshilash bo'yicha texnikaviy, huquqiy tadbirlar majmuini takomillashtirish, buning maqsadi, aholi salomatligi darajasini, shuningdek mehnat quvvatini takomillashtirish. 7.Yakka-yakka tanlash tizimini tashkil etish. Yangi o'zlashtirilgan rayonlarda ishlaydigan shaxslar moslashuvini tezlatuvchi vositalarni ishlab chiqish. 8.Xavfli tabiiy voqea-hodisalar va texnikaviy majmualar avariyasi natijasida odamlar nobud bo'lishini va salomatligini susaytirishnii oldini olish. 9.Ekologik ongni tarbiyalab, ekologik madaniyatini yaratish; antropoekologiya ta'limi tizimini shakllantirish va ommaviy axborot vositalari ishini faollashtirish. Ekologik tizim va biogeosenozlar ekologiyaning tadqiqot obyektlaridir. Foydalanilgan adabiyotlar: I.A. Karimov Ozbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari Toshkent 1995 yil I.A. Karimov O'zbekiston XXI-asr bo'sag'asida havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari! Toshkent O'qituvchi 1997 yil I.A. Karimov O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan qurmoqdamiz Toshkent O'qituvchi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: pptx