Ekologiya tushunchalari

Ekologiya tushunchalari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya tushunchalari - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya tushunchalari reja Ekalogiya haqida Ekalogik omillar Ekalogiyani inson hayotidagi o'rni Ekologiya (qadimgi yunoncha: οἶκος - uy, turar joy) - organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o'rganadigan biologiya fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. Ekologiya o'rganadigan obyektlariga ko'ra, umumiy va xususiy ekologiyaga ajratiladi. Xususiy ekologiya muayyan taksonomik guruhga mansub organizmlarning muhit sharoitiga munosabatlari majmuini o'rganadi (masalan, hasharotlar ekologiyasi). Ba'zan xususiy ekologiyaga muayyan ekosistema va hamjamoani o'rganadigan fan sifatida ham qaraladi (mas, qishloq xo'jaligi ekosistemalari ekologiyasi - agroekologiya; o'simliklar hamjamoalari ekologiyasi - fitotsenologiya). Suv ekosistemalari va suv organizmlari ekologiyasini o'rganadigan gidrobiologiya ham ekologiyaning bir qismi hisoblanadi. Ekologiya autekologiya (har xil muhit omillarining alohida turlarga ta'sirini o'rganadigan fan) va sinekologiya (organizmlar va ular majmualari o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadigan fan)ga ham ajratiladi. Umumiy ekologiya organizmdan yuqori turadigan har xil sistemalarning tuzilishi va funksiyasini o'rganadi. U populyatsiyalar ekologiyasi, biotsenologiya, ekosistemalar ekologiyasi kabi bo'limlardan iborat. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalarining strukturasi va miqdoriy dinamikasining umumiy qonuniyatlari hamda har xil turlar populyatsiyalari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar (raqobat, yirtqichlik)ni tadqiq qiladi. Biotsenologiya (hamjamoalar ekologiyasi) biotsenozlarning tuzilishi qonuniyatlari, tarkibi va funksiyasini o'rganadi. Ekologik omillar - atrof muhitning organizmlar faoliyatiga o'ziga xos ta'sir etuvchi ma'lum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh - abiotik va biotik omillarga bo'linadi. Ekologiyada cheklovchi omillar tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin. Tirik organizmlarga ta'sir etuvchi muhitning har qanday bo'laklari ekologik omillar deyiladi. Muhit - quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud bo'lib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur bo'lgan elementlar yoki omillardan yorug'lik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga bo'ladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib o'rganishni taklif qiladi. Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga bo'linadi: 1. Abiotik omillar - anorganik tabiat sharoitining yoki o'lik tabiatning yig'indisi. Bularga harorat, yorug'lik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi. 2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta'siri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga bo'linadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban o'simliklarning organizmga ta'siri e'tiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning ta'siri nazarda tutiladi. 3. Antropogen omillar - bu inson faoliyati bilan bog'liq bo'lgan omillar, ya'ni odamlarning o'simlik va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.02 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.02 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga