Ekologiya va qonun tushunchasi

Ekologiya va qonun tushunchasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya va qonun tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya va qonun Mustaqillikka erishgach O'zbekiston Respublikasi sovet davrida qishloq xo'jaligi, energetika va sanoat tarmoqlaridagi jiddiy tuzilmaviy xatolar tufayli atrof-muhit va tabiiy resurslarni boshqarish sohasida ko'plab muammolar yuzaga kelganligi oqibatida murakkab ekologik vaziyatni meros qilib oldi. Mamlakatda ekologik beqarorlik o'choqlari deyarli barcha viloyatlarda mavjudligi kuzatildi. Yuqori ekologik beqarorlik asosan lokal tusga ega bo'ldi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Farg'ona va Navoiy viloyatlari eng noxush hududlar sifatida namoyon bo'ladi. Atrof-muhit muammolari orasida O'zbekiston hududlari uchun quyidagilar muhim omillar hisoblanadi: atmosfera havosining ifloslanishi; qattiq chiqindilar shu jumladan, zaharli sanoat chiqindilarining to'planishi; suv resurslarining ifloslanishi va chuchuk suv yetishmasligi; aholining toza ichimlik suvi bilan yetarlicha ta'minlanmaganligi; sahrolanish va cho'llanish muammolari; tuproq sho'rlanishi va tanazzulga uchrashi; turlar xilma-xilligi majmualarining biologik mahsuldorligining pasayishi va qisqarishi; oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash muammolari. Mustaqillikning dastlabki yillarida atmosferaning ifloslanishi muammolariga nazar solsak, Respublikada atmosfera havosini ifloslantirayotgan korxonalar soni 1992 yilda 839 ta, 1993 yilda 889 tani tashkil qilib, ularning ko'pchiligi Toshkent shahri (155 ta), Farg'ona (105 ta) va Toshkent (93 ta) viloyatlariga to'g'ri keldi. 2001 yilga kelib bunday korxonalar soni 1962 taga etib, ularning aksariyati Toshkent shahri (351), Farg'ona (213), Namangan (201), Qashqadaryo (159) viloyatlariga to'g'ri keldi. Bugungi kunda ham ushbu muammolar dolzarb bo'lib, Andijon, Angren, Buxoro, Navoiy, Farg'ona, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq, Toshkent va Nukus kabi sanoatlashgan shaharlarda havoning chang bilan ifloslanish darajasi sanitar me'yordan o'rta hisobda 2,7 barobar ortgani kuzatilgan. Birgina Namangan viloyatida yiliga atmosfera havosiga 70 ming tonnaga yaqin ifloslantiruvchi moddalar tashlanmoqda va shundan 90 foizi (63 ming tonnadan ko'prog'i) avtotransport vositalari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Yana bir muammo chiqindi muammosi bo'lib, Toshkent shahrida kuniga 2 ming, yiliga 700 ming tonna, Respublika bo'yicha yiliga 7-8 mln tonna maishiy chiqindi hosil bo'ladi. Ularning 4-5 % qayta ishlanmoqda. Dunyoning yirik shaharlarida esa bu ko'rsatkich 15-20 %dir. Farg'ona viloyatida kuniga o'rtacha 3,5 ming tonna, bir oyda 105 ming tonna, bir yilda 1 mln 260 ming tonna maishiy chiqindi hosil bo'ladi. O'zbekistonda sahrolanish va cho'llanish jarayonlari eng dolzarb ekologik muammolardan biri bo'lib turibdi. Iqlim o'zgarishi oqibatida ushbu xavf yanada kuchaymoqda. O'zbekiston hududining 80 foizi sahro va yarim sahrolar, iqlim o'zgarishi va antropogen omillarga juda ta'sirchan bo'lgan ekologik tizimlardan iborat. Iqlim o'zgarishi oqibatida yog'ingarchiliklar miqdori o'zgarmoqda va shu sababli yuz beradigan sel ko'chkilari tuproq eroziyasining kuchayishiga olib kelmoqda. Orol fojiasi iqlim kontinentalligini keskinlashtirdi, buning natijasida yoz kunlari qurg'oqchilik kuchaydi, qishning sovuq kunlari esa aksincha uzaydi. Orol bo'yida harorat 40 darajadan yuqoriroq bo'ladigan kunlar soni ikki martaga ko'paydi. Dengiz chuqurligi 1960 yilda 53,52 m. bo'lgan bo'lsa, 1996 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.59 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.59 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga