Ekologiya va tabiat muhofazasi tarixi R e j a : 1. Ekologiya fanining rivojlanish bosqichlari. 2. Ekologiya fanining bo'limlari va vazifalari. 3. Ekologik tadqiqotlarning uslublari. 4. Hozirgi zamon ekologiyasining sohalari va boshqa fanlar bilan aloqalari. Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan boliqligi qadimdan ma'lum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o'simliklarni tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan boliqligi haqida ma'lumotlar keltirildi. Uyonish davridagi ishlarda o'simlik va hayvonlarning tuzilishi yashash sharoitlari bilan boliq holda o'rganildi. XVII - XVII asrlardagi ekologik ma'lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o'rganishga qaratilgan edi. J. Byuffon 1707-1778 hayvonlar tuzilishida tashqi muhit ta'sirini ko'rsatdi. J.B.Lomark 1774-1829 evolyutsion ta'limotni o'rtaga tashlab, hayvon va o'simliklar evolyutsion o'zgarishlarida eng muhim omil bo'lgan tashqi muhit ekanligini aytdi. Ch. Darvin Turlarning kelib chiqishi1859 asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, ya'ni tur bilan muhit o'rtasidagi har qanday qarama -qarshiliklarning ko'rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi. XIX asrning ikkinchi yarmida A.N. Beketov 1825-1902 o'simlik va hayvon tuzilishi xusisiyatlari ularning geografik tuzilishi bilan boliqligi Middindarf A.F.1870 hayvonlar hayotida buni o'rganadi. K. Myobius 1977 biotsenozlar mohiyatini ochib berdi. O'simliklar jamoasi haqida G.F.Morozov va Sukachev asos soldi. Rus olimlari Keller B.A., Alyoxin B.B.,Raminskiy B.G., Shennikov A.P. va chet ellik olimlar Klementes F., Raukier,T.Dyu Rie, B raun-Blanke I va boshqalarning fitotsenologik ishlari biogetsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Umumiy ekologiya rivojlanishida Ya.N. Kashkarov Muhit va jamoa asari birinchi darslik bo'lib qoldi. Tensli A 1935ekosistema, Sukachev 1942tomonidan biogeotsenoz haqidagi ta'limotlarni yaratilishi 1950 yillarning boshida G.Odum,Yu.Odum, R.Untekker, R.Margallef va boshqalar biologik mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratdilar. Xulosa qilib aytganda ekologiyaning ijtimoiy roli ortib bormoqda va u tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning nazariy asosi hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish tarixi insoniyat tarixining ilk davrlarida to'g'ri keladi. Insoniyat tarixiy davri bilan tabiiy muhitning taraqqiyot va o'zgarish tarixi bir xil emas. Biroq ular orasida chambarchas aloqa bor. Eng yangi polegeografik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, to'rtlamchi davr davomida antropogen faktor ta'sirida va shu omillar yordamida tabiiy sharoit muayyan darajada o'zgaradi. Tabiatni muhofaza qilish tarixini o'rganayotganda ana shu narsaga ahamiyat berish lozim. Inson bilan tabiatning o'zaro munosabatini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy strukturasi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyotiga bog'liq ekanligi qayd qilingan edi. Kishilik taraqqiyotning dastlabki bosqichi poleolit va neolitda inson bilan tabiatning o'zaro munosabati ibtidoiy ahvolda edi. Ibtidoiy odam o'zi uchun kerakli narsani tabiatdan olar ekan, buning oqibati to'g'risida o'ylab ham o'tirgan emas. Ibtidoiy jamoa tizimi davrida kishilar o'ziga kerakli bo'lgan ozuqalarni olishdan tashqari, tabiatdan olayotgan nematlarning holatiga ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.97 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.97 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc