Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish usulllari

Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish usulllari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish usulllari - rasmi

Material tavsifi

Ekalogiya va tabiatni muhofaza qilish usullari Reja: 1.Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish qo'mitasi. 2. Ekologiyaning bosh vazifasi . 3. Sanoat korxonalarining tashlanmalari va atrof-muhitni himoya qilish . Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish qo'mitasini ma'lumotlarga ko'ra, 1964-yili Orol dengizining maydoni 68,9 ming km kv. bo'lgan, undagi suv hajmi esa 1083 km kubdan oshgan. Bu vaqtlarda har yili Orol dengizidan 30-35 ming tonna baliq tutilgan tva konserva zavodlari ishlab turgan, dengiz suvida 38 turdagi baliqlar yashagan. 1969-yildan boshlab, minglab yillar mavjud bo'lgan, bir vaqtlar Ko'k dengiz nomini olgan, go'zal dengiz suvi kamayib o'z hajmini qisqartira boshladi, uning mavjud suv sathi sho'rlana boshlandi. Oroldagi suv hajmi 15 barobar, dengiz sathi 29 metrga qisqardi, yana qisqarib bormoqda. Ayni paytda Oroldagi bir litr suv tarkibida 150-300 grammgacha tuz mavjud. Bunaqa sho'rlangan suv bironta dengizda uchramaydi, hatto okean suvidagi tuz miqdori (18-24 gr.) tashkil etadi. Ammo shunchalik sho'r suvda birgina tur baliq yashamoqda. Orolbo'yida yashagan Osiyo gepardi, Kaspiy yo'lbarsi, Ustyurt qulonlarining so'nggi vakillari jon berdi. Orol bo'yi flora va faunasi deyarli yo'qoldi, Orol dengizi bo'ylarida eng ko'p sonli o'simliklar va hayvonlar turi mavjud edi. Endi har yili 100 million tonnagacha tuzqum bo'roni havoga ko'tariladi. Tuz bo'ronlari endilkda yil bo'yi bemalol 400 - 100 kmgacha uchib boradi. Qoraqalpog'iston, Xorazm va Buxora viloyatlarining unumdor yerlarini sho'rlantirib yubordi. Xorazm viloyatining dehqonchiligini va ekin turlarini hamda sug'orma dehqonchiligini akademik N.I.Vavilov Yegipet dehqonchiligi bilan tenglagan edi. Shunday unumdor dehqonchilik tizimi tanazzulga yuz tutmoqda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida 2017- yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi qayta tashkil etildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi: ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi; atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog'lomlashtirilishini ta'minlash; chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig'ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko'mish borasida ta'sirchan tizimni tashkil etish; yer, yer osti boyliklari, suv, o'rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hayvonot va o'simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o'rnatish; ekologiya va atrof-muhitni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.54 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.54 MB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga