Reja: 1. Ekologiya. 2. Ekosistema. 3. Yashash muhiti. 4. Ekologik omillar. 5. Cheklovchi omil. 6. Optimum. 7. Organizmlarning moslashuvi Yer yuzida mavjud bo'lgan o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va ular yashayotgan muhit bir-biri bilan uzluksiz bog'langan bo'lib, doimo o'zaro ta'sir qilib turadi. Birgalikda yashaydigan organizmlar o'zaro va tashqi muhit bilan to'xtovsiz moddalar va energiya almashinuviga kirishib turadi. Tirik organizmlar ular yashaydigan atrof muhit bilan birgalikda murakkab biologik sistemani hosil qiladi. Ekologiya predmeti va uning vazifalari. Ekologiya (grekchadan «oykos»-uy, panajoy va «logos»-fan) tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhit o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadigan fan. Tabiatda bitta turga mansub organizmlar guruhi populyatsiyani, populyatsiyalar jamoani, jamoalar birgalikda ekosistemalarni hosil qiladi. Ekosistemalar organizmlar jamoasi va ular yashaydigan muhitdan iborat. Yer yuzidagi barcha ekosistemalar birgalikda biosferani hosil qiladi. Ekologiya o'rganadigan obyektlar, bu organizmlar, populyatsiyalar va ular jamoasi, ekosistemalar va biosferadan iborat. Ekologiya tirik organizmlarning ana shu guruhlari bilan ular yashaydigan muhitning hamda tirik organizmlarning o'zaro ta'sirini o'rganadi. Ekologiya biologiyaning boshqa fanlari, ayniqsa zoologiya, botanika, genetika, evolyutsion ta'limot, fiziologiya, etologiya (hayvonlar xulq-atvori to'g'risidagi fan) bilan chambarchas bog'liq. Evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekologiyaga ham bevosita aloqador. Chunki yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli organik dunyoning tarixiy taraqqiyoti davomida muayyan muhit sharoitida faqat eng qulay moslanish belgilariga ega bo'lgan populyatsiyalar, turlar, jamoalar saqlanib qolgan. Keyingi davrda Ekologiya tushunchasi juda keng tarqalib bormoqda. Ko'pincha «ekologiya» so'zi inson bilan tabiat o'rtasidagi har qanday o'zaro ta'sirga nisbatan yoki odamning xo'jalik faoliyati tufayli atrof muhitning buzilishi tarzida talqin qilinadi. Ana shu manoda ekologiya har qanday jamiyatning barcha a'zolari manfaatiga tegishli bo'ladi. Ekologiya atrof-muhit sifatining ko'rsatkichi o'rnida ekonomika va ijtimoiy hayotga ham ta'sir ko'rsatadi. Ekologik muammolar davlatning ichki va tashqi siyosatiga ta'sir qiladi. Hozirgi davrda atrof-muhitning ifloslanishi insoniyatni katta tashvishga solmoqda, odamlar o'rtasida tabiiy muhitning ifloslanishida javobgarlik hissi shakllanmoqda. Endilikda ekologik fikrlash, yani atrof-muhitning tozaligi, uning xilma-xilligini saqlab qolish borasida olib boriladigan xo'jalik tadbirlarni tahlil qilish, hududlarni o'zlashtirish va qayta qurish bo'yicha har qanday loyihalarni ishlab chiqish uchun zarur bo'lib qoldi. Yashash muhiti va ekologik omillar. Tirik organizm yashaydigan joyning sharoiti yashash muhiti deyiladi. Yashash muhiti sharoitining juda xilma-xil va o'zgaruvchan bo'ladi. Yashash muhitida organizmga ta'sir ko'rsatadigan omillar (namlik, harorat, yorug'lik va boshqalar) ekologik omillar deyiladi. Organizmga ta'sir xususiyati va ta'sir kuchiga binoan ekologik omillarni abiotik, biotik va antropogen omillarga ajratiladi. Abiotik omillarga anorganik tabiat omillari (namlik, harorat, yorug'lik va boshqalar), biotik omillarga tirik organizmlarning ta'siri, antropogen omillarga odamning xo'jalik faoliyati kiradi (jadvalga qarang). Ekologik omillar Cheklovchi va optimal omillar. Ko'p ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.64 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.64 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc