Ekologiyaning asosiy qonunlari va uning barqaror rivojlanish muammolari

Ekologiyaning asosiy qonunlari va uning barqaror rivojlanish muammolari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiyaning asosiy qonunlari va uning barqaror rivojlanish muammolari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Tirik organizmning optimum va miinmum kritik nuqtalari. 2. Ekologik omillar va ularning organizmlarga ta'siri. a) Abiotik omillar b) Biotik omillar v) Antropogen omillar Xulosa. Tabiatda har bir ekologik omil tirik organizmlarga malum chegara doirasida ta'sir etadi. Alohida olingan omilning etarli darajada bo'lmagan yoki ko'p miqdorda bo'lgan ta'siri tirik mavjudotlarning hayoti uchun salbiy ta'sir ko'rsatadi. U yoki bu ekologik omilning orginizmlarning hayoti uchun eng qulay bo'lgan chegarasidagi ta'siriga - ekologik omilning optimum zonasi yoki oddiy qilib, optimum -deyiladi. Optimumdan chetga chiqish salmog'i qancha ko'p bo'lgan sari muayyan omilning tirik organizm hayoti uchun «g'ovga aylanishi» ta'siri shuncha kuchaya boradi. Omilning maksimum va minimum chegaralari - bu tanglik nuqtalaridir. Ulardan chetga chiqa borish yashash qobiliyatini yo'qotishga va nihoyat organizmni o'limiga olib keladi. Tirik mavjudotlarning muhitdagi muayyan omilga nisbatan bardosh berib yashay oladigan tanglik (maksimum va minimum) nuqtalari o'rtasidagi chegaraga ekologik valentlik deyiladi. Masalan, harorat omiliga nisbatan shimol tulkisi juda yuqori ekologik valentlikka ega, u 850 S (+ 300 dan to 550) ga teng bo'lgan haroratning o'zgarishiga bardosh bera oladi. Muhitning keng chegaradagi abiotik omillarini o'zgarishiga bardosh berib yashay oladigan tirik mavjudotlarni «evri» deb nomlanadi. Jami tirik mavjudotlarni juda tor bo'lgan chegaradagi ekologik sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan turlarini - stenobiotlar va ekologik sharoitlarning talay o'zgarishlari chegarasida ham yashashga moslashgan turlarini esa, evribiotlar deyiladi. Alohida olingan individumlarda u yoki bu omilga bardosh berish darajasi, tanglik nuqtasi, optimal, pessimal va maksimal zonalar to'liq ravishda mos kelmaydi. Bunday o'zgaruvchanlik muayyan mavjudotlarning irsiy sifatlari, ularning jinsiy, yoshu - qarilik va fiziologik farqlari bilan belgilanadi. Masalan, un kapalagining qurti uchun minimal temperatura + 70 S bo'lsa, kapalakning o'zi uchun - 220 Sga, tuxumi uchun 270 S teng.sovuq - 100 S bo'lganda bu hashoratning qurti nobud bo'ladi. Lekin bu darajadagi sovuq uning kapalagi va tuxumiga zarar etkazmaydi. Demak hamma vaqt turning ekologik valentligi muayan tirik mavjudotning ekologik valentligidan yuqori bo'ladi. Har bir hayvon turi o'ziga xos bo'lgan ekologik omillarning malum chegarada bo'lishini talab qiladi. EKOLOGIK OMILLAR VA ULARNING ORGANIZMLARGA TA'SIRI. Yerda hayot paydo bo'lgandan buyon tirik organizmlar tashqi muhitdagi har xil o'zgarishlar ta'siriga duch keladi. Sayyoramizda mavjud bo'lgan hayvonlar, o'simliklar hamda hayot kechiradigan boshqa organizmlar sonining serobligi va geografik tarqalishiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi har qanday tashqi omillar ekologik omillar deb ataladi. Ekologik omillarning tabiati va organizmga ta'sir etish xususiyati quyidagicha: 1. Ayrim organizm turlarni malum hududdan siqib chiqadi va ularning jug'rofik jihatdan tarqalishining o'zgarishiga olib keladi. 2. Har xil turlarning rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatib, ularning ko'payishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.51 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.51 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga