Ekologiyaning mazmuni va vazifalari Reja: Ekologiyaning rivojlanish tarixi Ekologiya tushunchasi, mazmuni, predmeti va vazifalari Ekologiya fanining asosiy bo'limlari Ekologiya uslublari. Ekologiyaning rivojlanish tarixi Ekologiya insoniyat rivojlanish davrining ilk bosqichlarida hamda shu davr kishilari o'rtasida muhum o'rinni egallaydi. Qadimgi odamlardan qolgan g'orlar, qoyalardan turli rasmlarga qaraganda ekologiya juda ham qadimiy fanlardan hisoblanadi. O'sha davrda yashagan kishi ochlikdan, sovuq va issiqdan saqlanish uchun o'zini o'rab turgan muhitning holatidan xabardor bo'lib, kerakli o'simliklarning urug'ini, mevasini terish, hayvonlarni tutish bilan bir qatorda, unda xavf tug'duradigan dushmanlar, tabiiy ofatlardan qochish, berkinish yo'llarini bilgan. Tabiat kuchini uning qonunlarini o'rganib shu qonunlarga moslashib yashagan. Qadimgi insonlar olov, o'q - yoy, tosh kabi qurollardan foydalanish, o'zlari yashab turgan joylarni o'zgartirish imkoniyatlariga ega bo'lgandan keyin ularda madaniyatning dastlabki elementlari paydo bo'la boshlaydi. Shunday qilib, turli o'simliklar, hayvonlar va ularning ko'payish, rivojlaninsh hosil berish, qushlarning tuxum qo'yishi, jonzotlarga muhit omillarning ta'siri haqida insonlarda yillar va asrlar davomida ma'lumotlar to'plana bordi. Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlardagi 500 ta o'simlik turli va hayvonlarning 454 ta turi haqidagi ma'lumotlar ekologik xarakterga ega bo'lgan. Masalan, Aristotel o'zining ilmiy asarlarida 500 dan ortiq turli hayvonlar, qushlar, baliqlar, baliqlarning hayoti, tarqalishi, bir yerdan ikkinchi yerga ko'chishi haqida ma'lumot beradi. Gelen, Teofrast kabilar ham turli jonivorlarning hayot, tabiatga moslashishi to'g'risida qimmatli ma'lumotlar qoldirganlar. Z. M. Bobur (1483-1530) o'zining Boburnoma nomli tarixiy asarida O'rta Osiyo va hindistonning turli o'simlik va hayvonlari, ularning o'sadigan, yashaydigan joyi, gullash, ko'payish davrlari haqida ko'plab ma'lumotlar keltiradi. Yangi o'lkalarning ochilaishi, bir mamlakatning ikkinchi mamlakat tomonidan bosib olinishi, bu yerlar tabiatning o'rganilishi natijasida o'simlik va hayvonlarning sistematikasi, morfologiyasi, ularning yashab turgan joyga moslashishi o'rganiladi. XV-XVII asrlarda A. Sezalpin (1519-1603), D. Rey (1623-1705), J. Turnefor (1656-1708), A. Reomyura (1734), L. Tramble (1744) kabilar o'simliklar, hashorotlar va suv hayvonlarini har tomonlama o'rgandilar.J. L. Byuffon (17071788) o'zining 13 jildli Tabiat tarixi asarida tirik organizmlar va muhit o'rtasidagi aloqalarga hamda muhitning organizmga ta'siri masalalarini yoritadi. J. Lamark (1744-1829), A. Dekandol (1806-1893), A. Gumbolt (1769-1807), S.P. Krashennikov I. I. Lepixin, P. S. Pallas, K.F. Rule, N. A. Seversey, A. N. Beketov va boshqa olimlarning ishlarida o'sinlik, hayvonlar dunyosining har xilligi, ular o'rtasidagi munosabatlar, turli hududlarda ularning har xil turlarining uchrasi haqida ekologik ma'lumotlar keltiradi. Rossiyada tuproqshunoslikning asoschisi V. V. Dokuchayev (1846-1903) tabiiy mintaqalar yo'nalishini ishlab chiqib, ekologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shdi. XX asr boshlarida ekologiya fani tez suratlar bilan rivojlandi. Avval o'simlik va hyvonlar ekologiyasi ayrim-ayrim o'rganilsa, keyinchalik ular birgalikda, bir uyushma sifatida o'rganildi. Ch. Adams ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
494 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
494 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: docx