Ekologiyaning rivojlanish tarixi Reja: 1 Ekologiya fan sifatida 2 Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi 3 Ekologiyaning asosiy bo'limlari 4 Ekologiyaning vazifalari 5 Ekologiyaning rivojlanish tarixi 1 Ekologiya fan sifatida. «Ekologiya» atamasi va uning ma'nosi fanga 1866 yilda nemis biologi Ernst Gekkel tomonidan kiritilgan (1834-1919). U ekologiya deganda muhit va organizmlarning o'zaro bog'liqligini tushungan va fanning bu tarmog'iga quyidagicha ta'rif bergan: «Ekologiya bu butun tirik mavjudotlarning muhitdagi organik va noorganik komponentlari bilan o'zaro aloqadorligini o'rganadi, bunda noantogonistik va antogonistik hayvonlar va o'simliklarning o'zaro aloqadorligini hisobga oladi. Bir so'z bilan aytganda, ekologiya-tabiatdagi jami murakkab aloqadorlik va o'zaro munosabatlarni o'rganadigan fan bo'lib, Ch.Darvin fikricha, yashash uchun kurash shartlaridan biridir. Ayniqsa, Ch.Darvinning evolyutsion ta'limoti, «turlarning tabiiy yul bilan tanlanishidan kelib chiqishi» nomli kitobi (1859) ekologiya fanining shakllanishiga, mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga katta hissa qo'shdi. «Ekologiya» yunoncha so'zdan olingan bo'lib, «Oykos» «uy-joy, makon» degan ma'noni anglatadi va qadimiy adabiyotlarda bu so'zning sinonimi «oykologiya»dir. Mazmun jihatdan ekologiya «o'z o'yingdan»gi organizmlar haqidagi fandir. Keng ma'noda ekologiya mazmunini quyidagicha ta'riflash mumkin: «Ekologiya bir-biri bilan o'zaro bog'liq organizmlar va ularning ekologik muhit munosabati yoki organizmlar guruhining atrof muhitga yoki tirik organizmlarning bir-biri va yashash muhiti bilan o'zaro munosabatlari haqidagi fandir». 2.Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi. Ekologiya biologik fan. U «organizm-muhit» tizimida organizmlarni belgilovchi elementlarni tashkil etuvchilardan biridir. Shu bilan bir qatorda bu ma'lum ma'noda muhitga bog'liq bo'lgan «kuchsiz» elementdir. Organizmlar uchun muhitning «ob-havosi» muhim ahamiyatga ega, biroq o'z o'rnida «tabiatda noqulay ob-havoning o'zi yo'q». Shunga qaramasdan, yashash muhitining yomonlashishi muhitga nisbatan befarq munosabatda bo'lganda organizmlarga salbiy ta'sir etadi. Muhit yomonlashishni qabul qilmaydi, ularni faqat organizmlargina qabul qiladi. Shuning uchun ham ekologiya o'z ishi faoliyati davomida zoologiya, botanika, mikrobiologiya, fiziologiya, genetika, biokimyo, evolyutsion biologiya, geologiya, poleontologiya va boshqa fanlarning ma'lumotlari va uslublariga tayangan holda ish ko'radi. Bu fanlardan ekologiya ko'pgina izlanish uslublarini va qisman asosiy tushuncha va atamalarni qabul qilgan. Hozirgi davrda ayniqsa, antropogen (inson) omil yaqqol sezilmoqda. Shuning uchun ekologik o'rganishning zarur yo'nalishlaridan biri-jamiyat va tabiiy tizimlar orasidagi munosabatni o'rganishdan iborat. L.I.Tsvetkova va boshqalar (199) «Ekologiya hozirgi paytda o'z ildizlari bilan biologiya fani zaminida rivojlangan bo'lsada, uning doirasidan chiqib yangi integrallashgan fanga aylandi va tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlararo ko'prik vazifasini bajarmokda» deb, mutlaqo to'g'ri yozgan (24 bet). Shunga ko'ra, Yer haqidagi fanlarga ham taalluqlidir, desak xato qilmaymiz. Ekologiya nafaqat yuqorida qayd etilgan fanlar bilan balki, ma'lum darajada iqtisod, matematika, informatika, kibernetika va boshqa qator fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir. 3 Ekologiyaning asosiy bo'limlari. Ekologiya jadal ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.52 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.52 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: pptx