Ekologiyaning umumiy masalalari Reja 1.«Tabiat-inson-jamiyat» tizimining evalyutsion rivojlanishdagi ijtimoiy-ekologik bosqichlar to'g'risida. 2. Demografik partlash. 3. Ekologiyaning fan sifatida rivojlanishi. 4. Ekologik inqiroz tushunchasi XXI asr insoniyatning rivojlanishi tarixida tub burilish asri bo'lishi shubxasizdir. Insoniyatning yashash muhiti bo'lgan biosferadagi hayot sharoitlarini kelajak avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda saklab qolish zarurdir. Buning uchun misli qurilmagan say-xaraktlarni amalga oshirish talab kilinadi. Atrof muhitni ifloslanishdan saqlash , aholini ichimlik suvi, ekologik toza ozik mahsulotlari bilan ta'minlash, biologik xilma-xillikni asrash, iqlim o'zgarishlarining oldini olish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish dolzarb muammolar hisoblanadi va ularni ijobiy xal qilish insoniyatning kelgusi tarrakkiyotini belgilaydi. hozirgi mavjud ekologik muammolarni o'rganish, ularni tushunib etish va zarur tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun xar bir inson Koinot, quyosh, Yer, notirik va tirik tabiatning uygunligi to'g'risidagi bilimlarga ega bo'lishi lozimdir. quyosh, yulduzlar va ularning to'plamlari-Galaktikalar biz yashaydigan koinotni tashkil qiladi. Koinot-bu bizni urab turadigan olam, kuruklik va dengizdagi tirik va notirik tabiat, masalan, kit va bakteriya, yul chetidagi to shva guldagi shudring tomchisidir. Tartibga solingan koinot kosmos deb yuritiladi. hozirgi zamon fani Koinotni taxminan un besh milliard yil oldin «Katta portlash» natijasida paydo bo'lganligi isbotlovchi dalillarga egadir. «Somon yul» galaktikasining cheka kismida joylashgan, atrofida tukkizta sayyora aylanayotgan quyosh tizimi bizning « katta uyimiz» hisoblanadi. Yer sayyorasi doimiy harakatdagi cheksiz koinotning bir zarrasi hisoblanadi. Sayyoramiz barcha yashasha sharoitlari mavjud, 6,5 milliard «fazogirlari» bo'lgan, Koinotning korongu bo'shlig'ida uchib borayotgan, kosmik kemaning uzginasidir. «Bu ulkan Yer kemasining fazoda muallakligi Yaratuvchining o'z zoti bilan koim ekanligini kursatuvchi bir dalildir». Yer sayyorasida hayotning mavjudligi eng buyuk mujizalardan hisoblanadi. Shu vaqtgacha boshqa sayyoralarda hayot aniqlangan emas. Sayyoramizdagi tiriklik va uni taminlovchi notirik tabiatni asrab avaylashning ahamiyati bekiyosdir. Tirik jonzodlar ichida gultojisi, shubxasiz, inson hisoblanadi. Inson jonzotlar ichida yagona aql va tafakkur egasidir. Inson bir vaqtning uzida xam xam tabiatning xam jamiyatning ajralmas kismi hisoblanadi va biosotsial mohiyatga egadir. Eng sunggi ilmiy tadqiqotlar bo'yicha hozirgi insoniyat yagona genotipik asosga ega bo'lib, taxminan 150 ming yil oldin yagona erkak av yagona ayolning ayolning ginotiplaridan kelib chikkan. Odamzod Alloxning Yerdagi sir-asrorini biladigan xalifasidir va u Koinotdagi eng aziz va mukarram zotdir. Insonlarga Yer butun go'zalligi, boyliklari bilan berilgan. Yer yuzidagi tartib-muvozanat uchun insonlar masuldirlar. Cheksiz kointdagi uzga sayyoralarda xam shu vaqtgachahayot belgilari aniklanmagan va Yerdagi hayot Yaratganning mujizasi ekanligiga shubxa yukdir. hayot, tiriklikni asrash insonlarni muqaddas burchlaridir. Yer insonlarga omonatga berilgan va undan hayot sharoitlarini bor go'zalligi, mukamalligi bilan avlodlar uchun saklab qolish muhim vazifadir. Insoniyatning rivojlanish tarixi tabiiy sharoitlarga moslashish, yangi erlarni ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.4 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.4 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc