1. Ekosan xalqaro fondi. 2. Ekosanning navbatdagi tadbiri. 3. Ekoturizm. 4. Ekologiyaga zarar yetkazuvchi korxona. Reja: Toshkent-Aero ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hamda EKOSAN xalqaro ekologiya va salomatlik hayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda Jamiyat taraqqiyotida ekologik bilimlarning ahamiyati mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Toshkent-Aero ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi axborot xizmati boshlig'i Xoniya Asilbekova, EKOSAN jamoat fondining jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i Mirkarim Mirsovurov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda tabiatni asrab-avaylash, ekologik muvozanatni ta'minlash bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladilar. Bu jarayonda aholi, ayniqsa yoshlarning ekologik bilimini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotgani yuksak samaralar bermoqda. Keyingi yillarda tabiatdagi keskin o'zgarishlar uni asrashga e'tiborni yanada kuchaytirish, omma e'tiborini ekologik muammolarga qaratish, insonlarning ekologik bilim va madaniyatini boyitish, ularning ekologik tafakkurini, ongini yanada yuksaltirish maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqib, ularni izchil va samarali tarzda amalga oshirishni taqozo etmoqda. «Yo biz tabiatning ifloslanishini bartaraf qilamiz yoki u biz - insoniyatni haloqatga olib keladi» deyilgan edi bundan 40 yil muqaddam jahonning bir guruh taniqli fan va madaniyat arboblarining BMT Bosh kotibiga yo'llagan murojaatida. Bugun kelib ham ushbu murojaat o'z dolzarbligini zarracha yo'qotgani yo'q. Ekologik muammolar chegara bilmaydi. Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish har bir insonning eng muhim burchiga amalda aylanmaguncha, ekologik masalalarga yechim topish mushkul. Prezidentimiz I.Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ta'kidlaganidek, «xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki to'laqonli va sog'lom turmush kechirishi uchun zarur mo''tadil atrof-muhit sharoitlariga ham bo'lgan huquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachonlar e'tirof etgan. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi». O'tgan yillar davomida O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligining yangi me'yoriy-huquqiy bazasi yaratildi. 1992 yilda tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beruvchi O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur hujjat inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlar uyg'un muvozanatda rivojlanishi, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlarning muhofaza qilinishini ta'minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo'lish huquqini amalda kafolatlamoqda Bugungi kunda O'zbekistonda atrof-muhitni muhozafa qilish va tabiatdan foydalanishning mustahkam qonunchilik asoslari shakllandi, tabiatni himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda barqaror rivojlanish sohasi bo'yicha qator strategik hujjatlar ishlab chiqilib, qabul qilindi. Xususan, Bioxilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakatlar rejasi, Cho'llanish va qurg'oqchilik bilan kurashish, Atrof-muhitni muhofaza qilish, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
357.06 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
357.06 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: pptx