Ekosistema to'g'risida ta'limot

Ekosistema to'g'risida ta'limot

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekosistema to'g'risida ta'limot - rasmi

Material tavsifi

Ekosistema to'g'risida ta'limot Ekosistema to'g'risida tushuncha. Ekosistemaning mahsuldorligi. A.Tenslining «ekosistema» va V.N.Sukachevning «Biogeotsenoz» tushunchalari to'g'risida. Ekosistemaning iyerarxik qatorlari. Ekosistemaning asosiy komponentlari. Tirik organizmlar ekosistemaning asosiy qismi: avtotroflar, geterotroflar, produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar. Fizik muhit. Biomlar. Oziq zanjiri va ekologik piramida to'g'risida tushuncha. Tabiiy va sun'iy ekosistemalar. Markaziy Osiyo mintaqasining ekosistemalari. Inson ekologiyasi. Reja: Biogeotsenoz Bir biri bilan va atrof muhit bilan o'zaro munosabatda bo'lgan organizmlarning populyatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki biogeotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda biogeotsenoz - bir - biriga bog'liq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir. Biogeotsenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning populyatsiyalari ekologik jamoani tashkil etadi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940 yilda akademik V.N.Sukachev ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif etdi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan tashqari hamma narsa kiradi. Biogeotsenoz taraqqiy etib va o'zgarib turadi. Bu o'zgarishlar kishilar, muhit va hattoki uzoq kosmosning ham ta'siri ostida ro'y beradi. Beogeotsenozni o'rganish qishloq xo'jaligi va ayniqsa, o'rmon xo'jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Har bir biotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o'sha joyda o'sib unadigan o''simlik va hayvonlar bir-biriga monand va o'zaro bog'langan bo'ladi. Hayvonlar ham, o'simliklar ham nafas olgan vaqtlarida energiyaning ma'lum bir qismini yo'qotadilar. Nafas olish jarayonidan, ovqat hazm qilishdan hamda chiqindilardan qolgan energiya o'simlik va hayvonlarning o'sishi, ko'payishi va hayot faoliyatini ta'minlashga sarf bo'ladi. Geterotrof organizmlar tomonidan tayyorlangan (to'plangan) organik moddalar miqdori ikkilamchi mahsulot deb ataladi. Agar ekosistema stabil (o'zgarmaydigan) bo'lsa, unda umumiy biomassaning hajmi ko'paymaydi. Ya'ni yilning boshida qancha bo'lsa, oxirida ham shunchaligicha qoladi. Bu holatda birlamchi mahsulotda bo'lgan hamma energiya har xil trofik darajadagi organizmlardan o'tadi va natijada uning toza mahsuldorligi nolga teng bo'ladi. Ko'pincha ekosistemalar o'zgarib turadi. Ekosistemaga tushuvchi energiya oqimlaridan foydalanib, inson uchun kerak bo'lgan energiya va ovqat manbaini ko'paytirishda foydalanish mumkin. Ekosistemaning iyerarxik qatorlari Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini jamoa, popylyatsiya, organizm, organ, hujayra va genlar tashkil etib, bular hayotning asosiy shakllarini belgilaydi. Bu biologik shakllar iyerarxik tartibda yoki qatorda joylashib kichik va katta sistemalarni hosil qiladi. Iyerarxiya - Uebater lug'ati bo'yicha birin - ketin qator bo'lib joylashish ma'nosini bildiradi. Ana shunday har bir pog'ona yoki daraja tashqi muhit ta'siri natijasida o'ziga xos funksional sistemani hosil qiladi. Ekologiya fani asosan ana shunday sistemalardan: jamoa va ekosistemalarni o'rgatadi. Fizik muhit. Biomlar. Biom - bu katta regional subkontinental biosistema bo'lib, u qandaydir bitta o'simliklar tipi bilan yoki landshaftning boshqa o'ziga xos xususiyati bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.93 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.93 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga