Аndijon viloyati Baliqchi tumani 38- umumta'lim maktabi Biologiya fani o'qituvchisi Zuxra Shermatovaning 6 sinflar uchun tayyorlagan DARS TAQDIMOTI @biologiyadanslaydlar Darsning maqsadi Tarbiyaviy: O'quvchilarni atrof-muhitga hurmat ruhida tarbiyalash va uning betakror hodisalarini o'qib o'rganishga undash Rivojlantiruvchi: O'quvchilarga ekosistema haqida tushuncha berish orqali o'quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish va ularni bilimlarini rivojlantirish Ta'limiy: O'quvchilarga ekosistemalardagi o'zaro munosabat iqlim o'zgarishlari haqida tushuncha berish orqali o'quvchilar dunyoqarashini kengaytirish @biologiyadanslaydlar 33-MAVZU. EKOSISTEMALARDAGI O'ZARO MUNOSABATLAR Tirik organizmlar va tashqi muhit omillari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar qanday amalga oshadi? Tirik organizmlar va atrof-muhit bir-biri bilan uzviy bog'liq, o'zaro munosabatda bo'lib, ekosistemalarni hosil qiladi. Ekosistema ikkita tarkibiy qism - muhit omillari (ekotop ) va har xil populyatsiyalar (biotsenoz) ga mansub organizmlar yig'indisidan tashkil topgan. Ekosistemaning tarkibiy qismlari doim bir-biriga ta'sir ko'rsatadi. Barcha xususiyatlari bilan bir-biriga o'xshash organizmlar yig'indisi populyatsiya deyiladi @biologiyadanslaydlar Ekosistemadagi barcha tirik organizmlar populyatsiyalari jamoa deyiladi. Ekosistemani nomlang. Ekosistemaning ekotop va biotsenoz qismlari ro'yxatini tuzing. Abiotik qism Biotik qism @biologiyadanslaydlar Iqlim o'zgarishi turli xil ta'sirlarga ega bo'lib, ularga quyidagilarni misol keltirish mumkin: Iqlim o'zgarishining ekotizimlarga ta'siri Iqlim o'zgarishi ekotizimlarga ham ta'sir qiladi. Biologik xilma-xillikning o'zgarishiga sabab bo'ladi. Ba'zi o'simlik va hayvon turlarining yashashini qiyinlashtiradi, ba'zilarining yo'q bo'lib ketishiga olib keladi. Ekotizimlarning chegaralari o'zgarib turadi @biologiyadanslaydlar «Ekosistema» atamasi 1935-yilda angliyalik botanik olim A. Tensli tomonidan fanga kiritilgan. Uning fikriga ko'ra, ekosis- temalar faoliyati moddalar almashinuvi va energiya oqimi bilan bog'liq bo'l- gan tirik organizmlar va atrof-muhitning fizik omillari majmuasidir A. Tensli ekosistemalarni «Yer yuzining asosiy tabiiy birliklari» deb hisoblaydi. Biogeotsenoz va ekosistema tushunchalari bir-biriga yaqin tushunchalar bo'lib, hayotning bitta tuzilish darajasidagi biosistemalar hisoblanadi Bu sistemalar o'zaro bog'liq tirik va anorganik tarkibiy qismlardan tashkil topganligi hamda moddalar va energiya oqimi kabi bir qancha umumiy jihatlarga ega. Ekosistema va biogeotsenoz tushunchalari ko'pincha bir ma'noda ishlatilsa ham, ular talqinida ayrim farqlar mavjud. Ekosistema tushunchasi. @biologiyadanslaydlar Iqlim o'zgarishining inson xo'jalik faoliyatiga ta'siri Iqlim o'zgarishi natijasida qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar yaroqsiz holatga kelishi, ekinlar ziyon ko'rishi, chorva mollariga zarar yetishi mumkin. Sanoatda esa energiya olish, ishlab chiqarish, tabiiy resurslardan foydalanadigan tarmoqlarga ta'sir ko'rsatadi. @biologiyadanslaydlar Iqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siri Iqlim o'zgarishi nafaqat tabiatga, balki inson salomatligiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, insonlarda ich ketishi, vabo, qon bosimining ko'tarilishi, ko'p terlash kabilar iqlim o'zgarishi bilan bevosita bog'liq @biologiyadanslaydlar Iqlim o'zgarishidagi isishni qanday to'xtatish mumkin deb o'ylaysiz? Iqlim o'zgarishidan keladigan talafotlarni kamaytirishda ayniqsa sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi va boshqa ko'plab sohalarda rejali ishlar olib borilishi lozim. Shu bilan birgalikda, atmosferaga chiqayotgan zararli moddalar (ko'mir, neft ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.18 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.18 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: pptx