Ekosistemalarning o'z - o'zidan boshqarilishi

Ekosistemalarning o'z - o'zidan boshqarilishi

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekosistemalarning o'z - o'zidan boshqarilishi - rasmi

Material tavsifi

Ekosistemalarning o'z-o'zidan boshqarilishi O'z-o'zini qayta tiklash, hayotiy resurslar. Muvozanatlik va barqarorlik. O'z-o'zidan boshqarilish Reja: 1. Ekosistemalarning o'z-o'zidan boshqarilishi 2. O'z-o'zini qayta tiklash, hayotiy resurslar. Muvozanatlik va barqarorlik. 3. O'z-o'zidan boshqarilish Ekosistemalarning bir-butunligi va o'z-o'zidan tiklanishi. Tirik organizmlar va abiotik muhit bir-biriga ta'sir ko'rsatib turadi. Biotsenozning tirik va notirik qismlari o'rtasidagi bog'lanish unda hayot davom etilishini ta'minlaydi. Abiotik omillar populyatsiyalar hayotiy faoliyatini boshqarib turadi. Bu omillarning o'zi ham tirik organizmlar nazorati ostida bo'ladi. Hayotiy jarayonlar uchun juda zarur bo'lgan elementlar (S,N,O,N,R) va organik birikmalar (karbonsuvlar, oqsillar, yog'lar) tirik va notirik tabiiy jismlar o'rtasida to'xtovsiz oqib turadi. Bu jarayon karbonat angidrid, kislorod va suvning estemol qilinishi va ajratib chiqarilishi; o'simlik va hayvonlar qoldig'ining hosil bo'lishi va parchalanishi, tuproqda organik birikmalarning hosil bo'lishidan iborat. Tirik organizmlar muhitdan hayot uchun zarur bo'lgan resurslar (masalan, nafas olishda atmosferadan kislorod, fotosintezda SO2 mineral moddalar) oladi. Hayot faoliyati natijasida hosil bo'lgan mahsulotlarni (masalan, fotosintezda kislorod, nafas olish va parchalanish jarayonlarida SO2 gazi) chiqaradi. Yashil o'simliklar to'plagan quyosh energiyasi biogeotsenozni tashkil etuvchi hamma organizmlarga yetkazib beriladi. Tirik organizmlarni bir-biri hamda ular yashaydigan muhit bilan bog'lab turadigan energiya va moddalar oqimi biogeotsenozlarning bir butunligini ta'minlaydi. Biogeotsenozlarning o'z-o'zidan tiklanishi organizmlarning ko'payishga layoqati, ularning o'sishi, rivojlanishi va ko'payishi uchun zarur oziq moddalar va energiyaning bo'lishi, shuningdek, tirik organizmlar tomonidan yashash muhitining qayta tiklanishidan iborat. Ekosistemalarning barqarorligi. Evolyutsiya davomida biogeotsenozlar bilan yashash muhiti o'rtasida paydo bo'lgan muvozanat ularning barqarorligida namoyon bo'ladi. Barqarorlik ekologik jamoa va ekosistemasining tashqi muhit ta'sirida paydo bo'ladigan o'zgarishlarga bardoshligi xususiyatidan iborat. Masalan, yog'in miqdori o'rtacha yillik miqdordan 50% kamaygan, produtsentlar hosil qilgan organik moddalar miqdori faqat 25% kamaygan, o'txo'r hayvonlar soni esa 10% ga kamaygan bo'lsa, u holda bu ekologik sistema barqaror deyish mumkin. Organizmlarning noqulay sharoitga chidamligi va yuqori ko'payish potentsiali ekosistemalardagi populyatsiyalari saqlanib qolishini ta'minlaydi. O'z-o'zidan boshqarilish. Populyatsiyadagi individlar sonini muayyan miqdorda saqlanib turilishi oziqlanish zanjirining hamma bosqichlarida organizmlar o'rtasida sodir bo'lib turadigan yirtqich-o'lja va parazit-xo'jayin munosabatlari bilan bog'liq. Agar oziqlanish zanjiri zvenolaridan birida biror tur yo'qolib ketadigan bo'lsa, u holda yo'qolib ketgan tur bilan oziqlanadigan turlar boshqa, yani ilgari ikkinchi darajali bo'lgan oziq bilan oziqlanishga o'tadi. Buning natijasida oziqlanuvchi turlar soni kamayib ketmaydi. Biogeotsenozlarda turning ommaviy ko'payishi oziqlanish zanjiridagi to'g'ri va teskari bog'lanish orqali boshqariladi. Masalan, yaxshi ob-havo sharoitida o'simliklar yuqori hosil beradi. Oziqning mo'l-ko'l bo'lishi tufayli o'txo'r hayvonlar soni ortadi. O'txo'r hayvonlarning o'zi ham yirtqichlarga oziq bo'ladi. O'ljaning ko'p bo'lishi yirtqichlarning ko'p bolalashiga, ular sonining ortishiga olib keladi. Demak, bu yil o't mo'l bo'lsa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.88 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.88 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga