Reja: 1. Yerdagi hayot tasodifiymi? 2. Dunyoning moddiy birligi 3. Koinot evolyutsiyasi 4. Evolyutsiyaning omillari 5. Nurlanish va maydon 6. Zilzila va vulkanizm 7. Yerga meteoritlarning qulashi 8. Evolyutsiya va iqlim 9. Evolyutsiyaning tashqi omillarini ba'zi bir umumiy qonuniyatlari 10.Evolyutsiyaning yo'nalishi 11.Ekogenez 12.Ekotizim evolyutsiyasining tarkibiy qismi 13.Keskin davr 14.Fitotsenozlarning jadallashgan evolyutsiyasi 15.Yuqori gradientli davr 16.Evolyutsiya to'lqinlari 7.1 Yerdagi hayot tasodifiymi? Har qanday ekotizimga evolyutsiya tirik organizmlarning paydo bo'lishidan boshlanadi. Umuman hayot har qanday ekotizimda borgan sari ko'proq har qanday boshqa «qadimgi» ekotizimga kirib boradi. Butun biosferachi? Qanday qilib Yerda hayot paydo bo'ldi? Bu savolga V.I.Vernadskiy Yerda hayot paydo bo'lishining uchta yo'li bo'lishi mumkin deb ko'rsatib o'tgan: hayot har doim mavjud bo'lgan (umuman materiya va boshq.); hayot ma'lum sharoitda planetaning geologik tarixi davrigacha paydo bo'lgan; Yerga hayot kosmos orqali keltirilgan. Birinchi taxminga ko'ra, V.I.Vernadskiy biz hayot izlari (qoldiqlari) bo'lmagan geologik bosqichlarni bilmaymiz deb ta'kidlagan (hozirgi paytda eng sodda organizmlar, bakteriya qoldiqlari va suv o'tlari qazilmalarda, cho'kindi hamda metamorfik tog' jinslarida uchraydi, ularning yoshi 3,8-4,0 mlr.yil deb baholangan). Organik moddalarning abiogen sinteziga ko'ra V.I.Vernadskiy bir qator keyingi ishlarida Yerning uzoq o'tmishda jonli va jonsizlarning paydo bo'lish imkoniyatlari to'g'risida ta'kidlab o'tgan. Darhaqiqat, bir qator olimlar tomonidan vodorod aralashmasidan aminokislota, elektr zaryadlari ta'sirida va ultarbinafsha radiatsiyasidan ammiak va metan kabi murakkab moddalar olindi. Biroq biosfera shakllangan sharoitda «Barcha tiriklar tirikdandir» prinsipiga amal qilinadi. Bu prinsipga florentsiyalik vrach Franchesko Redi tomonidan 1668 yil ta'rif berilgan edi. Ehtimol biosfera sharoitida mavjud har qanday hayot shakllari yana paydo bo'ladigan hayot shakllariga dushmanlik qiladi (yoki uning biogen pushti) va uning imkoniyatlarini cheklashga harakat qiladi. Kosmik gepotezaga kelganda, shu narsa ma'lumki, quyosh tizimi va uning yo'ldoshlarida (Venera, Mars, Luna) hech qanday hayot izlari yo'k. Shu bilan birgalikda meteorit moddalar tadqiqoti paytida Antarktida muzliklarida aminokislota va murakkab nukliotidlar borligi aniqlangan. Shunday qilib yerda hayot tasodifiymi? degan savolga qanday javob bersa bo'ladi? Balki Yer va uning biosferasi Katta hayot kosmosda qandaydir istisno tariqasidagi paydo bo'lgandir. Bu va boshqa savollarga to'liq javob berishga harakat qilamiz. 7.2 Dunyoning moddiy birligi. Yer organizmlari tarkibida to'rtta element: uglerod; kislorod; vodorod va azot yetakchi ahamiyatga ega. Aynan shu elementlar quyosh tarkibining ko'pchiligini tashkil etadi (atomli nisbatda 3,7(10-4 : 6,8(10-4 : 1:1,1(10-4 D.Greya ma'lumotlari, 1980). Galaktikaning kosmik energiya bilan nurlanish tarkibi kuchliroq 2,5(10-9 ev proton : (vodorod yadrosi) -92%, (-zarrachalari -7%, S,N, O, va F yig'indisi -0,5%; boshqa barcha elemetnlarga 0,5% gacha to'g'ri keladi (Barabanov 1985). Yulduzlarni evolyutsiyaning dastlabki bosqichidagi radioastronomik kuzatuvlar (yulduzlarga qarshi deb nomlanadigan) ko'rsatdiki, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
92.02 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
92.02 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc