Ekotizim o'zgarishi. Suksessiya hodisasi

Ekotizim o'zgarishi. Suksessiya hodisasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekotizim o'zgarishi. Suksessiya hodisasi - rasmi

Material tavsifi

Ekotizim o'zgarishi. Suksessiya hodisasi Reja: Ekotizimlarning funksionalligi Ekitizm va ularning biologik mahsudorligi Ekotizimilar o'zgaruvchanligi va dinamikasi Suksessiya hodisasi Foydalanilgan adabiyotlar Yuqorida qayd etilganidek, barcha tabiiy hududlarni tizim sifatida qarash mumkin. L.fon Bertalanfi bo'yicha (1969) tizim - bu o'zaro harakatdagi elementlar majmuasidir. Tizimdagi elementlarning o'zaro harakati uning faoliyatidan dalolat beradi. Tabiiy tizimlar ierarxik tuzilishga ega, ya'ni har bir tizim bir necha tashkiliy sathlardan iborat bo'lib, pastdan yuqoriga qarab murrakkablashib boradi. Agar daraxtni mustaqil tizim deb qarasak, uning to'qimasi eng qo'yi sathi hisoblanadi, keyingi sathi esa daraxtning bargi, shoxidir, eng yuqori satxi -daraxtning o'zidir. Biosfera ancha murakkab va yuksak darajada tashkil etilgan tizim bo'lib hisoblanadi. A.M. Ivlyov (1986) bo'yicha tizimni faoliyati bu tashqi muhit ta'siriga javoban, tizimda paydo bo'ladigan reaksiyalar yig'indisi bo'lib, tizimni ichki xususiyatlari o'zgarishiga uni o'zining rivojlanishi olib keladi. Bizningcha, A.M. Ivlev qarashlarida ko'p chalkashliklar bor. Birinchidan, tizim mavjudligi va faoliyatini olsak, ekotizim faoliyat qilmasdan oddiygina mavjud bo'lishi mumkin emas, faoliyat ko'rsatmasa ekotizim mavjudligini yo'qotadi. Ikkinchidan ekotizimda tashqi ta'sirga javoban reaksiya paydo bo'lishini asoslab berish mumkin emas. Iqlim, quyosh energiyasi, to'proq, jinslar, relef va boshqalarni tashqi omillar deb qarash mumkin. Lekin bu omillarni biz ekotop (biotop) ga beogeotsenozni bir qismi sifatida birlashtiramiz. Biogeotsenoz yoki ekotizimga nisbatan ular nafaqat tashqi balki ichki omil hisoblanadi. Faraz qilaylik bu omillar ekotizimga ta'sir qilmay qo'ysa nima bo'ladi? Ma'lum bir vaqt ekotizim faoliyatini davom etkazadi, masalan o'txo'r hayvonlar o'simlik qoldiqlaridan, yirtqich-konsumentlar esa, ular bilan oziqlanadi. Shunday qilib tashqi ta'sir ekotizimni qo'zg'atuvchi yagona sabab emas. Har qanday tizimga nisbatan ko'pchilik va umumiylik tushunchalari mavjud. Ko'pchilik - matematik mantiqdagi keng hajmdagi tushunchadir. Ko'pchilikni boshqa tushunchalar orqali aniqlanadi. N.I. Kondakov bo'yicha ko'pchilik - bu ularni hammasi uchun tavsifli xususiyatga ega bo'lgan yig'indi, ba'zi hududlarning qo'shilishi. O'z navbatida umumiylik deganda, bir xil belgilariga qarab birlashtirilgan hududlar yig'indisi tushuniladi. Masalan: qazilma organizmlar yig'indisi namunasi, zararkunandalar kollektsiyasi va boshq. Umumiylik va ko'pchilikdan farqliroq tizim, umumiy xususiyatlarga yoki belgilarga ega bo'lgan qandaydir elementlar majmuasini bildirmaydi. Elementlarning o'zaro bog'liqligi (har bir element hech bo'lmaganda bitta element bilan) muhim va ular bir butunlikni tashkil etadi. Murakkab tizimlarda esa ular o'zaro bog'langan sathlarga bo'lingan. Ekotizim tashkil topishining muhim farqli xususiyati, unda tirik organizmlarning bevosita (yoki bilvosita) ishtirok etishidir. Tirik organizm singari har qanday ekotizim boshlanishiga (tug'ilish), yashash davriga (faoliyat) va tugashi (ekotizim parchalanishi, ekotsid) ga ega. Yuqorida qayd etilganidek, ekotizimlar ierarxik tashkil topish xususiyatiga ega, ya'ni uning ayrim elementlari qaralayotgan tizimning quyi va yuqori tartibini bildiradi. Bu yerda shuni qayd etish lozimki, hozirgi vaqtda ko'pgina ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 238.54 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 238.54 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga