Reja: 1 Global aylanish 2 Katta aylanish 3 Kichik aylanish 4 Biogeokimyoviy davr 5 Uglerodning aylanishi 6 Azotning aylanishi 7 Kislorodning aylanishi 8 Vodorodning aylanishi 9 Boshqa elementlarning aylanishi Tayanch iboralsr: aftotroflar, olmos, aminokislotalar, ammiak, antraksolit, antratsit, appatit, berilliy, biofilli element, bitumlar, bor, gipoktsiya, grafitizatsiya, diatolit, dissotsiya, izotoplar, indol, kaltsit, karbomil, kerogen, litiy, metomorfik tog' jinslari, metomorfizm, marmar, nitratlar, nitritlar, oksigemoglobin, organogenli tog' jinslari, cho'kindi tog' jinslari, radionuklid,siderit, spongolit, slantslar, strontsiy, superfosfat, trepel, fossilizatsiya, fosfatlar, tseziy, endo, enzimlar, yuvinel suvlar, yashma. 1 Global aylanish. Yerdagi moddalar hamma materiya kabi harakatda bo'ladi. Bu harakatning tavsifli xususiyati uning davriyligidir. Davr yerdagi moddalarning elementar aylanishini tashkil etuvchisi hisoblanadi. Aylanishlarning katta (geologik, abiotik) va kichik (biologik, biogen, biotik) turlari hamda ayrim elementlar va ularning birikmalarini aylanishlariga bo'linadi. Aylanishni harakatlantiruvchi kuch Quyosh energiyasi va qisman Yerning ichki issiqligi hisoblanadi. 2 Katta aylanish. Bu aylanish quyidagilardan iborat, yer usti va yer ustiga yaqin magmatik tog' jinslari havo va suv agentlari (xuddi shunday bular ham aylanish tarkibiy qismi hisoblanadi) ta'sirida nurashga duchor bo'ladi, yemirilgan mahsulotlar, shuningdek suvda eriydiganlari Jahon okeani va boshqa suv havzalariga chiqib, har xil cho'kindi tog' jinslarini tashkil etadi. Tektonik harakatlar natijasida va yangidan qoplangan barcha cho'kindilar katta bosim va harorat zonasiga tushadi (Yerning chuqurlikdagi issiqligi hisobiga) va metamorfik tog' jinsiga aylanadi (masalan, qumlar kvartsitga, glinlar kristall slantslarga aylanadi va boshq.) Keyinchalik bu jinslar magmatik tog' jinslariga aylanishi mumkin (masalan granitlarda). Katta geotektonik harakatlar natijasida barcha genetik jins turlari yana yuzaga chiqib qoladi, nurashga duchor bo'ladi, ya'ni dastlabki holatiga qaytadi. Butun geologik davrning uzoqligi yuz minglab va millionlab yillar bilan o'lchanadi. Shunday qilib, moddalarning katta aylanishi asosida, planeta miqyosida va davriy tavsifga ega bo'lgan, fazo va vaqtda gaz, suyuq va qattiq shakldagi moddalarga o'tish jarayoni yotadi. Boshqacha aytganda, moddalarnng katta aylanishi, bu - Yer po'stining qattiq va suyuq gazlar o'rtasidagi massa almashinishi jarayonidir (atmosfera, gidrosfera va litosfera). Shuning uchun ba'zida maxsus adabiyotlarda gaz shaklidagi moddalarning aylanishi, suvda va litosferada (cho'kindi va boshq.) mustaqil deb qaraladi. Bizni katta aylanishda organizmlar va minerallashgan organik moddalarning qatnashishi qiziqtirdi. Organizmlar moddalarning katta aylanishida (aniqrog'i, geologik davrda) boshlang'ich tugun bo'lib hisoblanadi. Organizm qoldiqlari yoki ularning hayot faoliyati mahsulotlari keyingi bosqich aylanishida ham saqlanadi. Shunday qilib, ko'milgan fitomassalar bo'r va toshli ko'mirlar hosil qiladi, organogenli ohaktoshlar yuqori harorat va bosimli metamorfizm bosqichida marmarga aylanadi, organogenli kremniyli jinslar (diatomit, trepel, stongolit, radiolyarit va boshq.) kvartsit va yashmaga aylanadi, kazilma ko'mirlar grafitlanadi va boshq. 3 Kichik aylanish. Bu aylanish moddalarning katta aylanishining ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
610.92 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
610.92 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc