Reja: 1.Biotsenozning tuzilmasi. 2.Biotsenozlarning o'ziga xos xususiyatlari. 3.Ekotizim va uning tarkibi. 4.Ekotizimda energiya oqimi. Biotsenozning tuzilmasi Jamoa, biotsenoz va biogeotsenoz haqida tushunchalar: Jamoa deyilganda rivojlanishning turli pog'onasida bo'lgan bir guruh tirik organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi. Biotsenoz yoki hamjamoa deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan bir joyda yashaydigan organizmlar yig'indisi tushuniladi. Biotsenoz ham populyatsiya kabi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bularga turlar tarkibi, ozuqa to'rining tuzilmasi, biomassa va uning mahsuldorligi kabilarni ko'rsatish mumkin. Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. U ayrim turlar populyatsiyalarining miqdori nisbatni ifodalaydi. Muayyan tashqi muhit sharoitida o'simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug'lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Gidrofitlаr Gidatofitlar Gigrofitlar Sklerofitlar Kserofitlar Sukkulentlar Ko'l biotsenozi Cho'l biotsenozi Biotsenozlarning o'ziga xos xususiyatlari Biogeotsenoz (bios-hayot, geo-Yer, tsenoz-umumiy yoki jamoa) tushunchasini rus botanikolimi, akad. V.N.Sukachev taklif etgan. Moddalar aylanishiga ega bo'lgan har qanday tirik organizmlar yig'indisi va abiotik muhit ekotizim deyiladi. A.Tensli ushbu ta'rifda anorganik va organik omillarning o'zaro teng komponentlar ekanligini va hech qachon tirik organizmlarni yashab turgan tashqi muhitdan ajratib bo'lmasligini ta'kidlaydi. V.N.Sukachev biogeotsenozga Yer yuzasining ma'lum qismidagi bir xil tabiiy elementlar (komponentlar)ning yig'indisi deb qaraydi. Hozirgi vaqtda biogeotsenoz deganda evolyutsion jarayonda shakllanadigan fazoviy chegaraga ega bo'lgan funktsional jihatdan tirik organizmlar va abiotik muhit o'zaro bir-birlari bilan munosabatdagi ma'lum energetik holati hamda moddalar almashinuvi, axborot tezligi bilan tavsiflanuvchi tabiiy tizim tushuniladi. Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog' jinslari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Biogeotsenozlar har xil o'lchamda, ya'ni kichik va katta maydonda bo'lishi mumkin. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.06 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.06 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: ppt