Reja: Umumiy tushunchalar Ekotizimning tashkil topishi Ekotizimning barqarorligi Suktsessiya Energiya tushunchasi Energiya sifati Quyosh - biosfera energiyasining asosiy manbai Fotosintez va xemosintez Tayanch iboralar: billion, geterotroflar, gravitatsiya, depressiya, detritofot, dissipatsiya, dominant, inert gazlar, infraqizil nurlanish, kanibalizm, konsumentlar, mutatsiya, pelagik qism, etxo'rlar, redutsentlar, repessivlik, riflar, suktsessiya, shartli yoqilg'i, fag, fermentlar, fosforilirlash, foto, xemo, xitin, xlorifill, eksponentsial,. avtotroflar, allo, veresk, gipotetik, gomeo, dis-diz, klimaks, migratsiya, morfologiya, neogen, oligotsen, paleogen, pens, pleystotsen, pliotsen, regress, rezistentli, sekretsiya, sintez, sinuziya, statika, stoxastik, substantsiya, substrat, suktsessiya, takson, taksomaniya, topografiya, transformatsiya, utilitar, fluktuatsiya, to'rtlamchi davr, emerjentlik, epikontinental 4.1 Umumiy tushunchalar. Yuqorida qayd etilganidek, barcha tabiiy hududlarni tizim sifatida qarash mumkin. L. fon Bertalanfi bo'yicha (1969), tizim - bu o'zaro harakatdagi elementlar majmuasidir. Tizimdagi elementlarning o'zaro harakati uning faoliyatidan dalolat beradi. Tabiiy tizimlar ierarxik tuzilishga ega, ya'ni har bir tizim bir - necha tashkiliy sathlardan iborat bo'lib, pastdan yuqoriga qarab murrakkablashib boradi. Agar daraxtni mustaqil tizim deb qarasak, uning to'qimasi eng quyi sathi hisoblanadi, keyingi sathi esa daraxtning bargi, shoxidir, eng yuqori sathi - daraxtning o'zidir. Biosfera ancha murakkab va yuksak darajada tashkil etilgan tizim bo'lib hisoblanadi. A.M.Ivlyov (1986) bo'yicha tizimning faoliyati bu tashqi muhit ta'siriga javoban tizimda paydo bo'ladigan reaksiyalar yig'indisi bo'lib, tizimning ichki xususiyatlarini o'zgarishiga uni o'zining rivojlanishi olib keladi. Bizningcha, A.M.Ivlev qarashlarida ko'p chalkashliklar bor. Birinchidan, tizim mavjudligi va faoliyatini olsak, ekotizim faoliyat qilmasdan oddiygina mavjud bo'lishi mumkin emas, faoliyat ko'rsatmasa ekotizim mavjudligini yo'qotadi. Ikkinchidan, ekotizimda tashqi ta'sirga javoban reaksiya paydo bo'lishini asoslab berish mumkin emas. Iqlim, quyosh energiyasi, tuproq, jinslar, relef va boshqalarni tashqi omillar deb qarash mumkin. Lekin bu omillarni biz ekotopga (biotop) beogeotsenozning bir qismi sifatida birlashtiramiz. Biogeotsenoz yoki ekotizimga nisbatan ular nafaqat tashqi, balki ichki omil hisoblanadi. Faraz qilaylik, bu omillar ekotizimga ta'sir qilmay qo'ysa nima bo'ladi? Ma'lum bir vaqt ekotizim faoliyatini davom etkazadi. Masalan: o'txo'r hayvonlar o'simlik qoldiqlaridan, yirtqich-konsumentlar esa ular bilan oziqlanadi. Shunday qilib tashqi ta'sir ekotizimni qo'zg'atuvchi yagona sabab emas. 4.2 Ekotizimning tashkil topishi. Har qanday tizimga nisbatan ko'pchilik va umumiylik tushunchalari mavjud. Ko'pchilik - matematik mantiqdagi keng hajmli tushunchadir. Ko'pchilik boshqa tushunchalar orqali aniqlanadi. N.I. Kondakov bo'yicha ko'pchilik - bu ularni hammasi uchun tavsifli xususiyatga ega bo'lgan yig'indi, ba'zi hududlarning qo'shilishi. O'z navbatida umumiylik deganda, bir xil belgilariga qarab birlashtirilgan hududlar yig'indisi tushuniladi. Masalan: qazilma organizmlar yig'indisi namunasi, zararkunandalar kollektsiyasi va boshq. Umumiylik va ko'pchilikdan farqliroq tizim, umumiy xususiyatlarga yoki belgilarga ega bo'lgan qandaydir elementlar majmuasini bildirmaydi. Elementlarning o'zaro bog'liqligi (har bir element hech bo'lmaganda bitta element ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
210.3 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
210.3 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc