Ekosistemalarda energiya oqimi va moddalar almashinuvi Energiya oqimi. Biomassa. Oziqlanish zanjiri. Ekologik piramida. Ekosistemaning mahsuldorligi Reja: 1. Ekosistemalarda energiya oqimi va moddalar almashinuvi 2. Energiya oqimi. 3. Biomassa. 4. Oziqlanish zanjiri. 5. Ekologik piramida. 6. Ekosistemaning mahsuldorligi Energiya oqimi. Har qanday hayotiy jarayonlar faqat energiya sarfi orqali amalga oshadi. Qo'yosh nuri yashil o'simliklar uchun yagona energiya manbai bo'ladi. O'simliklar bargiga tushgan quyosh nuri fotosintez jarayonida organik birikmalar molekulasida kimyoviy bog'lar shaklida jamg'ariladi. Jamg'arilgan energiyaning bir qismni produtsentlar (yashil o'simliklar) nafas olish, yani biologik oksidlanishga sarflaydi, boshqa qismini biomassa holida saqlaydi. Biomassa-muayyan guruh yoki bir butun ekologik jamoadagi organizmlarning umumiy massasi. Yashil o'simliklar hosil qilgan biomassaning bir qismini o'txo'r hayvonlar eb, o'z hayotiy jarayonlari va tanasini tiklash uchun zarur bo'lgan energiyani oladi. O'txo'r hayvonlar bilan oziqlanadigan yirtqich hayvonlar ham o'z hissasiga ega bo'ladi. O'txo'r va yirtqich hayvonlar (birlamchi va ikkilamchi konsumentlar) ning oziq bilan olgan energiyasining asosiy qismi ular hujayralari va to'qimalarida kechadigan jarayonlarda sarflanadi hamda ular hayot faoliyatida hosil bo'ladigan mahsulotlar bilan birga chiqarib yuboriladi. Energiyaning ozroq qismi tana massasini hosil bo'lishi, o'sish va rivojlanish uchun sarf bo'ladi. Produtsentlar biomassasining hayvonlar eyishga ulgurmagan qismi qurib, o'simlik hazoni holida tuproqqa tushadi. O'simliklar hazoni, hayvonlar murdasi va tezagi redutsentlar uchun oziq hisoblanadi. Energiyaning muayyan bir qismi redutsentlar biomassasi holida ham to'planadi, boshqa qismi atrof muhitga yoyilib ketadi. Redutsentlar o'lib, uning hujayralari ham chiriydi. Chiqindilar hisobidan tuproqning organik moddalari hosil bo'ladi. Bu organik moddalarda saqlangan energiya tuproqdagi mineral birikmaning emirilishiga sarf bo'ladi. Shunday qilib, produtsentlar to'plagan energiya konsumentlar (o'txo'rlar, etxo'rlar, yirtqichlar) va redutsentlar orqali o'tish jarayonida biologik massa hosil qilish, o'sish, rivojlanish va ko'payish jarayonlarida sarflanadi, tuproq organik tarkibiga o'tadi hamda organik birikmalarning emirilishi jarayonida atrof muhitga sochilib ketadi. Keltirilgan jarayonlar barcha ekosistemalar uchun xos. Oziqlanish zanjiri. Energiyani bir manbadan boshqalariga bir qancha organizmlar orqali o'tkazilishi oziqlanish zanjiri deyiladi. Barcha tirik organizmlar energetik munosabatlar orqali o'zaro bog'langan. Ularning biri ikkinchisi uchun oziq bo'ladi. Masalan, yashil o'simliklar (avtotroflar) o'txo'r hayvonlar (1-konsumentlar) uchun, etxo'r hayvonlar maydaroq yirtqichlar (2-konsumentlar) uchun, ular esa yirikroq yirtqichlar (3-konsumentlar) uchun oziq bo'ladi. Ana shu yo'l bilan produtsentlar va konsumentlardan iborat oziqlanish zanjiri hosil bo'ladi. Bu zanjirdagi barcha organizmlar har xil darajada redutsentlar bilan munosabatga kirishadi. Moddalar (energiya) oqimining yo'nalishiga bilan oziqlanish zanjirini ikki xil tipga ajratish mumkin. Birinchi tipda oziqlanish zanjiri o'simlikdan boshlanib, o'simlikxo'r organizmlar va ulardan yirtqichlarga qarab boradi. Bu yoyilish zanjiri bo'ladi. Ikkinchi tip o'simlik va hayvonlar qoldiqlaridan boshlanib, ular bilan oziqlanadigan mayda hayvonlar va mikroorganizmlar tomonga boradi. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.96 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.96 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc