Ekotizm (Ekosistema) tushunchasi va tropik daraja

Ekotizm (Ekosistema) tushunchasi va tropik daraja

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekotizm (Ekosistema) tushunchasi va tropik daraja - rasmi

Material tavsifi

Ekotizm (Ekosistema) lar tushunchasi va tropik daraja Reja: 1 . Ekotizmlar va ularning tuzilmasi. 2. Ozuqa zanjirlar. 3. Ekologik piramidalar. 9.1. Ekosistemalar va ularning tuzilmasi. Organizmlar jamoasi anorganik muhit bilan chambarchas bog'langan. O'simliklar tanasiga tashqaridan uglerod IV-oksid, suv, kislorod va mineral tuzlar tushib turgandagina yashay oladi. Geterotrof organizmlar o'simliklar hisobiga yashasada, ular ham kislorod va suv kabi anorganik moddalarga muhtojdir. Har qanday muhitda ham, agar anorganik moddalar zaxirasi tiklanib turmasa, ular tugab qolishi mumkin. Organizmlarning hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan biogen elementlarning atrof muhitga qaytarilishi organizmning hayot faoliyati jarayonida (nafas olish, ekskresiya) hamda ular ulgandan keyin parchalanishi natijasida yuz beradi. Demak, jamoalar noorganik muhit bilan shunday sistema hosil qiladiki, bu sistema ichida organizmlarning hayot faoliyati natijasida yuzaga chiqadigan atomlar oqimi davra hosil qilib aylanib turadi. Modda almashishi mumkin bo'lgan tirik organizmlar bilan o'lik tabiat komponentlarining majmuasi ekosistema deb ataladi. Bu so'zni ingliz ekologi A.Tensli 1935 yilda fanga kiritgan. A. Tensli ekosistemani tabiatning asosiy birligi deb hisoblagan. Ekosistemada modda almashishi sodir bo'lishi uchun noorganik elementlarning uzlashtiriladigan holatdagi zaxirasi hamda organizmlarning 3ta ekologik guruhi: Produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarning bo'lishi shart. Ekosistemadagi avtotrof organizmlar Produtsentlarni tashkil qiladi va ular o'z tanalarini anorganik birikmalar hisobiga quradilar. Konsumentlar-geterotof organizmlar bo'lib, Produtsentlarning yoki boshqa konsumentlarning organik moddasini istemol qiladi va uni yangi shaklga o'tkazadi. Redutsentlar o'lik qoldiqlar hisobiga yashaydi va organik birkmalarni anorganik birkmalar holatiga o'tkazadi. Organizmlarning bunday guruhlarga ajratish nisbiydir. Chunki Produtsentlar va konsumentlar qisman redutsentlar vazifasini ham bajaradi, tashqi muhitga anargonik birkmalar ham ajratadi. Atomlarning doira bo'ylab aylanishi konsumentlarsiz ham amalga oshishi mumkin. Lekin bunday ekosistemalar juda kam. Masalan, Faqat mikroorganizmlardan iborat ekosistemada bu hodisa kuzatiladi. Ekosistemaning xajmi juda turli-tuman. Daraxt pustlogidagi lishayniklar to'plamidan tortib, butun Yer sharini alohida ekosistema deb qarash mumkin. Kichik ekosistemalarda ham biogen elementlarning aylanishi ro'y beradi. Lekin moddalarning va organizmlarning ekosistema chegarasidan tashqariga chiqishi sodir bo'lib turadi. Kattaroq ekosistemalarda modda almashishi to'liqroq amalga oshadi. Lekin eng katta ekosistemalar ham yopiq xoldagi modda aylanishiga ega emas. Ekosistema ta'limoti bilan bir qatorda Biogeotsenoz ta'limoti ham mavjud. Biogeotsenoz tushunchasi N.V.Sukachev tomonidan fanga kiritilgan. Ekosistema va Biogeotsenoz tushunchalar bir-birga yaqin. Lekin ekosistema modda aylanishi ro'y beradigan sistema deb qaralsa, Biogeotsenoz ma'lum o'simliklar bilan qoplangan maydonlarga nisbatan qo'llaniladigan tushunchadir. 9.2 Ozuqa zanjirlari Ekosistemada organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi yuzaga chiqib turishi uchun energiya kelib turishi zarur. Yerdagi hayot quyosh enegiyasi hisobiga yuzaga chiqadi. Quyosh enegiyasini fototrof organizmlar kimyoviy bog'lar energiyasiga aylantiradi. Geterotrof organizmlar energiyani oziq bilan oladi. Barcha tirik organizmlar bir-biriga oziq hisoblanadi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 816.91 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 816.91 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga