Elektron mikroskoplar BAJARDI: O'zbekiston RespublikaSI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI Mikroskop va linzalar Hujayralar turlicha o'lchamga ega bo'lsa ham, umumiy olganda baribir ular kichik hisoblanadi. Masalan, inson qizil qon tanachasining o'lchami sakkiz mikrometrga teng (0.008 mm). Biroz tasavvur hosil qilish uchun to'g'nag'ichning uch qismini olaylik, u 1 mm keladi, demak, bitta to'nag'ichning uch qismiga 125 ta qizil qon tanachasi joylashishi mumkin. Ayrim holatlarni hisobga olmaganda, yakka hujayraning o'zini oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi, shu sababdan olimlar hujayralarni o'rganish uchun mikroskoplardan (micro-=kichkina;-scope=qarash) foydalanishadi. Mikroskop ko'rish uchun juda ham kichik bo'lgan jismlarni kattalashtirib ko'rsatuvchi asbob hisoblanadi. Aksariyat hujayra rasmlari mikroskop yordamida olingan, shu sababli bu rasmlarni mikrograf deb ham atash mumkin. Mikroskop bu shunchaki kattalashtiruvchi oyna degan tasavvur hosil bo'lishi mumkin. Aslida kattalashtiruvchi oynalar ham mikroskop vazifasini bajaradi; ularda bitta linza bo'lgani uchun oddiy mikroskop deb ataladi. Biz ishqiboz bo'lgan va mikroskop deb hisoblaydigan asbob esa murakkab mikroskop hisoblanib, bu ularda ko'plab linzalar borligini anglatadi. Mana shu linzalarning o'ziga xos tartibda joylashishi hisobiga oddiy kattalashtiruvchi oynadan farqli ravishda, murakkab mikroskoplar yorug'likni kuchli sindirib anchagina katta tasvir hosil qila oladi. Murakkab mikroskopda ikkita linzaning o'zaro joylashishi ajoyib natijani hosil qiladi: siz ko'rayotgan tasvirning joylashuvi siz o'rganayotgan obyektga nisbatan teskari ko'rinadi. Masalan, mikroskop ostida e harfini kuzatayotgan bo'lsangiz, mikroskop orqali bu tasvir sizga ə shaklida ko'rinadi. 11start superscript, 1, end superscript Biroz mukammal tuzilishga ega bo'lgan murakkab mikroskoplarda teskari tasvir hosil bo'lmasligi mumkin, chunki ularda tasvirni o'z holiga o'giruvchi linza mavjud. Yorug'lik mikroskoplari O'quvchilar foydalanadigan mikroskoplarning ko'pchiligi yorug'lik mikroskoplari hisoblanadi. Yorug'lik mikroskopida ko'rinadigan yorug'lik nurlari namuna (biz kuzatayotgan biologik surtma) orqali o'tadi va linzalar orqali qaytib, kuzatuvchiga kattalashgan tasvirni ko'rish imkonini beradi. Yorug'lik mikroskopining ahamiyatli jihati shuki, u orqali tirik hujayralar ustida ham kuzatish olib borish mumkin, ya'ni normal hayotiy jarayonlarni (masalan, ko'chayotgan yoki bo'linayotgan) amalga oshirayotgan hujayrani kuzatish mumkin. Elektron mikroskoplar Yorug'lik mikroskopining zamonaviy turlari (biz yuqorida ko'rib o'tgandan tashqari) juda ham yuqori aniqlikka ega tasvirlarni hosil qilishi mumkin. Ammo juda kichik bo'lgan jismning yuqori aniqlikka ega tasvirini ko'rishni xohlasangiz, sinalgan va munosib boshqa texnologiyadan foydalanishingizga to'g'ri keladi: elektron mikroskoplari. Elektron mikroskoplari yorug'lik mikroskoplaridan farq qiladi, ular namunaning tasvirini hosil qilishda yorug'lik oqimidan emas, balki elektron oqimidan foydalanadi. Elektronlar ko'rinadigan yorug'lik nurlariga qaraganda qisqaroq to'lqin uzunligiga ega va shuning hisobiga standart yorug'lik mikroskoplariga nisbatan elektron mikroskoplari yuqori aniqlikka ega tasvirni hosil qiladi. Elektron mikroskoplari faqatgina yaxlit hujayrani tekshirish uchun qo'llanib qolmasdan, hujayraviy tuzilmalar va uning qismlarini o''rganishda ham qo'l ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
850.36 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
850.36 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: pptx