Evolyutsiyaning ekologik asoslari Reja: Evolyutsion jarayonning ekologik asoslarini umumiy tavsifi. Populyatsion (hayot) to'lqinlari. alohidalashish jarayonlari. Yashash uchun kurash. Agarda evolyutsion jarayonning genetik asoslanishi mutatsiyalanishlardan iborat bo'lib, organizmdagi irsiy informatsiyaga javobgar bo'lgan kismlarda biokimyoviy o'zgarishlar hisobiga uzgaruvchanlikning xilma-xilligi ortib borib, uning individ uchun foydali bo'lgan belgilari vositasida evolyutsiyani davom etishi ta'minlansa, evolyutsion jarayonning ekologik asoslari tirik mavjudotlarni (organizmlarni) muhit bilan munosabatlari hamda o'zaro aloqalari hisobiga saqlanib qolishning yo'llarini belgilaydi. Evolyutsiyaning ekologik asoslariga birinchi navbatda yashash uchun kurash munosabatlarini va ularni keltirib chikaruvchi populyatsion to'lqinlarni hamda alohidalashish holatlarini kiritish kerak. (Bu yerda kursatib utish joizki, garchi yashash uchun kurash evolyutsion jarayonning bosh ekologik asosi bulsa xam; u xanuzgacha shu asnoda urganilmay, balki evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari katorida ko'rib kelingan; bu malum darajada chalkashlikka olib kelib, evolyutsiyaning yagona haqiqiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan tabiiy tanlanishning mexanizmini tushunishga xalakit bergan). Yashash uchun kurashning mazmuni unga olib keluvchi jarayonlar - populyatsion to'lqinlar va alohidalanishlarning mohiyatlari anglashtirilmay turib, bilib olinishi qiyin. Shuni inobatga olib, dastlab populyatsion to'lqinlar, yoki hayot to'lqinlari deb atalgan evolyutsiyaning o'ziga xos ekologik asosi bo'lgan jarayon haqida tuxtab utamiz. hayotiy tajribamizdan va biologik bilimlarimizdan kupchiligimiz eshitganmiz, yoki guvoxi bo'lganmizki, inson ekkan ekinlar, bog-roglar xar yili birday sifatli va mul hosil bermaydi. Ayrim yillar qandaydir qishloq xo'jalik ekiniga yaxshi keladi, qandaydiriga esa aksiga olib, salbiy ta'sir etadi. Kurgokchilik va seryogin yillar hayvonot olamining vakillaridan xasharotlarga, ayniqsa qishloq xo'jalik ekinlari hisobiga kun kuruvchi zararli turlarning kupayishida o'z aksini topadi. Masalan, suruvchi zararkunandalarning vakili bo'lgan shiralar namgarchilik mul bo'lgan yillari shu darajada kupayib ketadiki, ularning salbiy ta'siri kator ekinlarga - bodring, tomat, tamaki va boshqalarga yakkol seziladi. Kurgokchilik yillarda namlikning takchilligi shiralarning rivojlanishiga salbiy ta'sir etganligidan shiralar populyatsiyalari yuqori darajada kupayaolmasdan, ularning koloniyalardagi soni kam miqdorda bo'ladi. Ayrim yillarda xashoratlarning kupayishi o'z chukkisiga etib, eng baland nuqtaga borishi, boshqa yillarda esa kuchli darajada kupayaolmasdan past bo'lishi bir-biri bilan taqqoslanganda va grafik holatda tasvirlanganda to'lqinsimon chiziqni eslatadi. Shu bilan birgalikda, ayrim alohida olingan yil davomida xam kayd etilgan xasharotlarni kupayishi grafik jihatdan tasvirlanganda to'lqinsimon chiziq chikadi. Buning sababi, bir yilda, bir necha avlod beruvchi xasharotlarning populyatsiyalari bir miqdordagi individlardan tashkil topmaydi. bahor faslida populyatsiya usib, kutarilib boradi, ayniqsa bahorning oxirgi xaftalarida u o'z chukkisiga chikadi, yoz oylari davomida u ancha pasayadi, kuzda esa yana kulay sharoitlar ta'sirida bir oz kutariladi. yuqoridagi misollar populyatsiyani miqdor jihatdan tebranib turishidan dalolat beradi. 'ar qanday populyatsiya (ayniqsa, xasharotlarga o'xshash jonivorlarda) tashqi muhit o'zgarishlariga karab o'z miqdorini (miqdor zichligini) kamaytirib yoki kupaytirib, uzgartirib turadi. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc