Fan va ijod - rasmi

Material tavsifi

Fan va ijod Reja: Ijod tushunchasi Fan va ijod, ularning o'zaro aloqasi va o'zaro ta'siri Falsafaning ilmiy ijoddagi vazifalari Ijod tushunchasi Insonlar olamda yashar ekanlar o'z faoliyatlarini turmush tarziga moslashtirib boradilar. Moslashtirish esa insonni ijod qilishga chorlaydi. Ma'lumki, insonlar faoliyati ko'p qirralidir. Bu faoliyat olam sirlarini bilishga, uning ba'zi sohalarini bo'ysundirishga qaratilgan. Sohalarga esa quyidagilar kiradi: tabiatda yashovchi bir yarim milliondan ortiq hayvonot, besh yuzmingdan ortiq o'simlik dunyosi, jamiyatlar faoliyati, oila, jamoa, insonning muammolari, o'ziga xos fazo sirlari va boshqalar mavjud. Inson ana shu sohalarni bilishga intiladi, ulardan xulosalar chiqarishga shoshiladi. Yuqoridagi sohalarning o'zi esa ming-minglab jarayonlarni o'zida qamrab olgani, ularni bilish uchun minglab avlodlarning ham faoliyati yetarli emas. Shunday bo'lsa-da, har bir avlod o'z zamoni talablaridan kelib chiqib, yangiliklar yaratishga intiladi. Ijod yordamida bu yutuqlarga erishadi ham. Yutuqlar esa moddiy va ma'naviy qadriyatlardan tashkil topadi. «Ilmiy ijod metodologiyasi» o'quv qo'llanmasining mualliflari I. Saifnazarov va boshqalar ijodga quyidagicha ta'rif beradilar: Ijod - deganda keng ma'noda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va ma'naviy olamni insonning maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda o'zgartirish borasidagi bunyodkor faolligi tushuniladi. Berilgan ta'rif ancha uzoq bo'lsa-da, unda ijod tushunchasini izohlashga jiddiy e'tibor berilgan. Ta'rif ijod mohiyatini kengroq qamrab olgan. Unda keng qamrovli: tabiiy, ijtimoiy, va ma'naviy olam haqida so'z boradi. Mualliflar ta'rifda davom etib: «Ijod bu shakllangan stereotiplar, odatlar, an'analar va shartliliklar doirasidan ongli ravishda chiqish demakdir» deydilar. Bu ta'rifda ijod muammosi ancha konkretlashtirilgan va ixchamlashtirilgan. Ijod bu subyekt va obyekt o'rtasidagi munosabat sifatida gavdalanadi. Ijod ikki holatda ko'rinadi, psixologik va falsafiy. Ijodning psixologik ko'rinishida faoliyatning mexanik tarzdagi jarayoni namoyon bo'lsa, falsafiy jihatda esa ijodning mohiyati va mazmuni haqida fikr yuritiladi. Insonning faoliyati keng qamrovli bo'lganligi sababli ijodning turlari ham ko'pdir. Ijod turlari qatoriga: badiiy, texnikaviy, ilmiy, siyosiy, huquqiy, ma'naviy, iqtisodiy, arxitektura, haykaltaroshlik va boshqa sohalardagi ijodlarni olish mumkin. Bu nomlari tilga olingan ijod turlari obyektiv olamning turli sohalarini qamrab oladi. Insonlar turmush tarzi uchun zarur bo'lgan ushbu sohalar ijod obyektlaridir. Ijodning tarixi antik dunyoga borib taqaladi. Antik dunyoda birinchilar qatorida ijod jarayonining mohiyati ustida to'xtalganlardan biri Aflotundir. Uning fikricha, ijod bu insonning aqliy faoliyati borliqni oliy darajada his etish nuqtasidir. Keyinroq faoliyat ko'rsatgan faylasuflardan biri Avgustinning fikricha, ijod Ollohgagina taalluqli bo'lgan jarayondir. Ijod masalasiga ko'proq e'tibor O'rta Osiyo mutafakkirlari (IX-XII asrlarda) tomonidan berilgan. Ular ijod qilgan sohalarning har birida ijod orqali, misli ko'rinmas kashfiyotlar yaratilgan. Al-Xorazmiy, al-Forobiy, al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom ta'limotlari, ijodlari bunga misol bo'la oladi. Ammo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.86 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.86 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga