Gazlarni filtrlarda tozalash

Gazlarni filtrlarda tozalash

O'quvchilarga / Ekologiya
Gazlarni filtrlarda tozalash - rasmi

Material tavsifi

GAZLARNI FILЬTRLARDA TOZALASh RYeJA Gazlarni filtrlarda tozalash. Filtrlarning turlari. Filtrlarning ishlash prinsiplari. Filtr materiallari turlari 1) G'ovaksimon egiluvchan to'siqlar: - tabiiy, sintetik yoki mineral tolalardan to'qilgan matolar; to'qilmagan tolali materialdan tayyorlangan - kigizlar, qog'ozlar, kartonlar, tolali bordonlar, tolali O'ramlar; serg'ovak listlar - g'alvirak rezina, penopoliuretan, membranali filtrlar. 2) Yarim qattiq g'ovaksimon to'siqlar: - tayanch moslamalarga yoki ikki tayanch orasiga qisilgan tolalar, qirindilar qatlami, to'qilgan setkalar. 3) Qattiq g'ovaksimon to'siqlar: - donasimon materiallar - keramika, plastmassa, preslangan yoki yaxlitlangan metall poroshoklari, govaksimon shishalar yoki plastmassalar, uglegrafit materiallari va shu kabilar; tolasimon materiallar - metall va shisha tolalardan shakllangan qatlamlar, metall setkalar, teshilgan listlar. Filtrlarning tozalash darajasi bo'yicha turlari 1. Chuqur tozalovchi filtrlar (yuqori samaradorli yoki absolyut filtrlar), ularning tozalash darajasi 99% ni tashkil etadi. Tozalanuvchi gaz kontsentratsiyasi - 1mgmz dan yuqori bo'lmasligi lozim. Bunday filtrlar ishlab chiqarishda ajralib chiquvchi o'ta zaharli zarralarni tozalashda ishlatiladi, shuning uchun filtrlar ishlatilgandan so'ng regeneratsiya qilinmaydi. 2. Havo filtrlari - ventilyatsiya va sovitish tizimlarida qo'llanadi. Filtrlash jarayoni gaz tezligi yuqori - 2,5 - 3 msek va tozalanuvchi gaz kontsentratsiyasi - 50 mgm3 gacha bo'lganda qo'llaniladi. Filtrlar ishlatilgandan so'ng regeneratsiya qilinishi yoki qilinmasligi mumkin. 3. Sanoat filtrlari - sanoatda ko'plab ajraluvchi changli gazlarni tozalashda va changlarni kontsentratsiyasi - 60 gm3 gacha bo'lganda ishlatiladi. Filtrlar ishlatilgandan keyin regeneratsiya qilinadi. Matoli filtrlar Sanoatda bunday filtrlar keng tarqalgan. Keyingi paytlarda yuqori haroratga va agressiv muhitga chidamli matolarni yaratilishi bunday filtrlarni ishlatish imkonini oshirmoqda. Eng ko'p ishlatiladigan filtrlarga engsimon filtrlar kiradi. Yengsimon filtr 1-korpus; 2-silkituvchi moslama;3-englar; 4-taqsimlash reshetkasi Filtrlashda matolariga talablar 1. Filtratsiyada yuqori chang yutish xajmiga va regeneratsiyadan keyin ham chang zarralarini yutish bo'yicha etarli darajada samaraga ega bo'lishligi; 2. Yuqori changlangan holatda ham havoni yaxshi o'tkazish qobiliyatini saqlashligi; 3. Gazlarda agressiv muhit va namlik yuqori bo'lganda, eyilish, egilish holatlarida ham mexanik chidamlilikka va barqarorlikka ega bo'lishligi; 4. Ushlab qolingan chang zarralarini oson ketkazish(regeneratsiyalash) imkoni bo'lishligi; 5. Ishlatiladigan filtr materiali qimmat bo'lmasligi lozim. Ishlatiladigan filtr materiallari yuqorida keltirilgan talablarning barchasiga javob bermasligi mumkin. Shuning uchun filtr materialini tanlayotganda tozalash jarayoniga qo'yilgan talablar va jarayon muhitlari etiborga olinadi. Masalan paxta tolasidan tayyorlangan filtrlar yaxshi filtrlash qobiliyatiga ega, narxi ham arzon, lekin kimyoviy va termik barqarorligi past, yonuvchan hamda namlikka chidamsiz. Jun materialidan tayyorlangan filtrlar ham yuqori filtrlash xususiyatiga ega, havoni yaxshi o'tkazadi, lekin kislotali muhitga chidamsiz, yuqori haroratda mo'rt bo'lib qoladi, narxi ham paxta tolasidan tayyorlanganiga nisbatan qimmatroq. Sintetik tolalardan tayyorlangan filtrlar turli muhitlarga o'zining barqarorligi tufayli tabiiy tolalardan tayyorlangan filtr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 179.47 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 179.47 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga