GAZLARNI FIZIK KIMYoVIY TOZALASh USULLARI. ChIQINDI GAZLARNI ABSORBTSION TOZALASh USULLARI Hozirgi kunda sanoat korxonalarida changli tashlamalardan tashqari turli kimyoviy xususiyatga ega bo'lgan zararli gazlar ham hosil bo'ladi va atrof muhitga tashlanadi. Bunday gazlar turkumiga oltingugurt angidridi, azot oksidlari, vodorod sulfid, uglerod oksidi, serovodorod va turli organik birikmali tashlamalar kiradi. Ushbu gazlarni mexanik usullar bilan zararsizlantirishni imkoni yo'q. Chunki bunday gazlar biror bir moddaga biriktirilishi, bog'lanishi yoki boshqa zararsiz modda ko'rinishga aylantirilishi lozim. Fizik -kimyoviy usul turlari absorbtsiya adsorbtsiya katalitik termik Gazlarni absorbtsion tozalash usullari quyidagi belgilar bo'yicha farqlanadi: 1) absorbtsiyalanayotgan komponent bo'yicha; 2) qo'llaniyotgan absorbent xili bo'yicha; 3) jarayonni xarakteri - gazni tsirkulyatsiya qilish yoki tsirkulyatsiyasiz ishlatish bo'yicha; 4) absorbentni - regeneratsiya qilib siklga qaytarish (siklik) va regeneratsiyasiz (siklik bo'lmagan) ishlatish bo'yicha; 5) ushlab qolinadigan komponentni - rekuperatsiyalab va rekuperatsiyasiz ishlatish bo'yicha; 6) rekuperatsiya qilinadigan komponentni xili bo'yicha; 7) jarayonni - davriy va uzluksiz tashkil etish bo'yicha; 8) absorbtsion apparatning konstruktiv tuzilishi bo'yicha. Absorbtsiya jarayoni turlari Absorbtsiya jarayoni fizik va kimyoviy turlariga bo'linadi. Kimyoviy absorbtsiyada gazni suyuqlikka yutilishi kimyoviy birikmani hosil bo'lishi bilan boradi va bu jarayon bazida xemosorbtsiya deb ham yuritiladi. Absorbent turlari Fizik absorbtsiyada odatda ushlanadigan moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydigan absorbentlar - suv, organik erituvchilar va ularning suvli eritmalari ishlatiladi. Xemosorbtsiyada esa gaz tarkibidagi ushlanadigan moddalar bilan reaksiyaga kirishadigan suyuq moddalar - absorbentlar ishlatilib, bunda xemosorbent sifatida tuz va ishqorlarning suvli eritmalari, organik moddalar va turli birikmalarning suvli suspenziyalari qo'llaniladi. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:07:50
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
50.99 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
50.99 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: pptx