Geoekologik bashorat va ekspertiza

Geoekologik bashorat va ekspertiza

O'quvchilarga / Ekologiya
Geoekologik bashorat va ekspertiza - rasmi

Material tavsifi

Geoekologik bashorat va ekspertiza Reja: Bashorat va ekspertiza tug'risida umumiy tushuncha Geoekologik bashoratlashtirish uning ilmiy asoslari fan hamda amaliyot uchun ahamiyati O'zbekistondagi Ekologik vaziyatlar o'zgarishining bashorati O'zbekistonda ekologik-geografik ekspertiza va uni amalga oshirish xususiyatlari Insoniyat ijtimoiy va fan - texnika taraqqiyoti yo'lidan qanchalik jadal rivojlansa, sayyoramiz va koinotning sayyoramiz atrofidagi qismlarining muntazamroq o'rganilgan sari atrof tabiiy muhit rivojlanishini, aholi sonini o'sishi va joylashuvini, hududlarni o'zlashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishni, aholi iste'moli tuzilmasining kengayishi va o'zgarishini va boshqa tabiiy hamda ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni uzoq muddatli bashorat qilish ham amaliy jihatdan zarurroq bo'lib qolmoqda. Geologik, okeanologik, ekologik, antropologik, tibbiy - biologik (jumladan genetik ham), demografik, urbanistik, iqtisodiy, sotsiologik, siyosiy va boshqa bir qator (aholi iste'molini, transport tarmoqlarini rivojlantirishni, rekreatsiya jabhalarini rivojlanishini bashorati) ishlab chiqilgan va chiqilmoqda. Bashoratlarning turli xillari va mo'ljaldagilari orasida geografik bashorat ham o'zining munosib o'rniga ega. Bashorat deb keng ma'noda muayyan voqealar, hodisalar, jarayonlarning rivojlanishi va tugallanishidagi o'zgarishlarni olingan ma'lumotlar asosida oldindan aytib berish tushuniladi. Boshqacharoq qilib aytganda bashorat muayyan ma'lumotlar asosida biror narsani rivojlanishini oldindan aytib berishidir. Bashorat bashoratlashtirishning yakunlovchi maxsuli, natijasidir. Bashoratlashtirish biror obyektga xos bo'lgan tashqi va ichki aloqalarni retrospektiv (yunoncha retro - orqaga, spektar - qaramoq) tahlil asosida fikr yuritish usullarining majmuasi va shuningdek, bu aloqalarning qarayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ehtimoliy o'zgarishlarni tahlil qilgan holda ana shu hodisa yoki jarayonning kelgusida rivojlanishini to'g'risida muayyan ishonchli mulohaza chiqarishdi. Yer to'g'risidagi ko'pgina fanlarning eng dolzarb muammolaridan biri kelgusida tabiiy muhit holatining bashoratidir. Tabiat jarayonlari, hodisalari va obyektlarining har qanday bashorati ularning oldingi holatini(maylini) bilishga asoslanadi va shu sababli bashorat oldidan muayyan ilmiy tadqiqotni taqoza etadi. Geografiya turli larni - tabiiy, ishlab chiqarish ijtimoiy, tabiiy - ijtimoiy tizimlarni o'rganadi. Shu sababli geografik bashorat - geosistemalarning kelgusidagi holatini oldindan ko'ra bilish yoki aytib berishdir. Bashorat nafaqat geosistemalarni kelajakdagi o'zgarishini avvaldan asoslashgina bo'lib qolmay, balki ularning asosiy o'zgarish yo'nalishlarini, tadrijiy o'zgarishlarini, murakkablashishini ham o'z ichiga oladi. Shu sababli - geografik bashorat - muayyan tabiiy sistemadagi obyektlar, hodisalar va jarayonlarning kelajakda gi o'zgarishlarini, shuningdek shu sistemalarning o'tmishdagi va hozirgi holatini, boshqa tabiiy sistemalar (atmosfera, litosfera, hidrosfera) bilan aloqalarini tahlil qilish asosida taxminlash va hisob qilishdir. Bashoratlashtirish jarayoni bashoratlashtirish obyektining (hodisa, voqea, jarayonning) o'tmishda va hozirgi rivojlanish qonuniyatlari va yo'nalishlari to'g'risida tushunchaga ega bo'lishni, kelajakdagi rivojlanishi va holatini ilmiy jihatdan asoslashni, obyektning o'zgarishini belgilovchi sabab va omillar hamda uning taraqqiyotini tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi sharoitlar to'g'risida tasavvurga ega bo'lishni va boshqaruv bo'yicha bashoratli xulosa va qarorlarni ishlab chiqishni o'z ichiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.62 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.62 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga