Geoekologik ekspertiza Reja: «Ekspertiza» tushunchasining mazmuni va mohiyati. Ekspertiza turlari. Ekspertiza uchun g'tkaziladigan ishlar muddati va mazmuni, buning uchun zarur bg'lgan ma'lumotlar. Loyihalashtirilgan korxonaning atrof muhitga ta'sir qilishini oldindan baholash. Ekspertiza xulosalari. O'zbekistonda ekologik - geografik ekspertiza va uni amalga oshirish xususiyatlari. O'zbekistonda sanoat korxonalarini joylashtirish bo'yicha ekspertiza qilish. Ekologik ekspertizalar - korxonalar, binolar va boshqa inshoatlarni qurish bo'yicha loyiha va loyihagacha bo'lgan materiallarda predusmorit qilingan (nazarda tutilgan) tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir texnikaviy qarorlar va tadbirlarning to'liqligini, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini, ekologik me'yorlar va qoidalar talablariga mosligini ogohlantiruvchi nazorat shaklidir. 1. Ekspertiza tushunchasining mazmuni va mohiyati. Ekspertiza termini lotincha ekspertus so'zidan olingan bo'lib, o'zbek tilida tajriba, sinov ma'nolarini anglatadi. Ekspert esa tajribali degan ma'noni bildiradi. U biror sohada ekspertiza o'tkazuvchi mutaxassisdir. Umumiy ma'noda ekspertiza maxsus bilimlarni talab qiladigan masalani asoslangan xulosa berish uchun tadqiq qilishdir. Geografik ekspertiza deganda loyihalanayotgan korxonaning tadbirning atrof muhit talablariga mos kelish - kelmasligini aniqlash, yoki iqtisodiy taraqqiyot rejalari asosida tabiat muhofazasi dasturlarini tabiiy muhitni asrashni ta'minlash maqsadida muvofiqlashtirish tushuniladi. Ekologik ekspertiza atrof muhit muhofazasini nazorat qilishning tarkibiy qismini tashkil etadi va atrof muhitning biologik qismiga ta'sirini baholashni anglatadi. Ekspertiza muayyan tanlangan hudud miqyosida mo'ljallangan (rejalashtirilgan) xo‛jalik kompleksining hayotiy muhitga, tabiiy resurslarga va kishilarning salomatligiga ta'sirini baholashdir. Ekologik ekspertiza texnologiya (texnika)ning, korxonalar loyihalarining va tabiatni o‛zgartirish loyihasining ekspertizalarni qaralayotgan hudud uchun bir - biriga bog'liq holda, birgalikda tahlil qiladi, turli kattalikdagi ekotizimlarni, ba'zan esa butun biosferaning tahlilini o'z ichiga oladi. Ekologik ekspertiza iqtisodiy va noiqtisodiy ko'rsatkichlarda ifodalanadi hamda ekologik qonunlar, qoidalar va tamoyillarga, shuningdek ekologik nomativlarga asoslanadi. Geografik va ekologik ekspertiza bir - biriga hamma jihatda bir - biriga yaqin va bir - birini taqoza qilishni e'tiborga olib ekologik - geografik ekspertiza deyiladi. Ekspertiza ilmiy tekshirik yoki loyihalash institutlari tomonidan taklif qilinayotgan loyihalarni o'rganish va ularni amalga oshirish maqsadga qanchalik muvofiq ekanligini aniqlab, chuqur asoslangan xulosa berishdan iboratdir. Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi: davlat ekspertizasi, ilmiy - jamoatchilik ekspertizasi, vazirliklar ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo'mitasi ekspertizasi va shu kabilar. Ekspertiza O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tomonidan belgilanadi. Mazkur qo‛mitada ekologik - geografik ekspertiza boshqarmasi faoliyat ko‛rsatadi. Taklif qilinayotgan loyihaning mazmuni, qanday tadbirlar amalga oshirilishiga qarab, shu sohaning yetakchi mutaxassislari u bilan tanishib chiqib, o'z mulohazalarini bildiradilar. Masalan, kimyo sanoatining korxonasi qurilish loyihasi ekspertizaga topshirilgan bo'lsa, u holda muhandis kimyogarlar, biologlar, ekologlar, geograflar, o'rmonchilar, iqtisodchilar, iqlimshunoslar, huquqshunoslardan iborat guruh tuziladi va ular loyiha bo'yicha o'zlarining takliflarini tayyorlaydilar. Shuningdek, suv ombori ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.28 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.28 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc