Geoekologik kartalar

Geoekologik kartalar

O'quvchilarga / Ekologiya
Geoekologik kartalar - rasmi

Material tavsifi

Geokologik kartalar Geoekologik kartalarni tuzish ko'pgina hollarda ixtisoslashgan geografik kartalani tuzishdir. Hozirgi paytda atrof muhitning mavzuli kartalarini tuzish inson va tabiat munosabatlaridagi juda ko'p masalarni qamrab oladi va shu sababli geoekologik kartalar deb atalishi mumkin.Mavzuli kartalarning bu toifasiga muhitning biotik komponentlari (o'simlik va hayvonlar)ning ular yashaydigan muhitga munosabatini ifodalaydigan ekologik kartalarni ham kiritish mumkin. Majmuali mavzuli kartalar guruhiga atrof tabiiy muhit kartalari ham kiradi. V.B.Sochavaning (1979) fikricha, atrof tabiiy muhit kartalari inson va u yashaydigan muhitning to'g'ri va aks aloqalarini grafik shaklda ifoda etuvchi yagona sistemadan tashkil topgan alohida sinfni hosil qiladi. A.G. Isachenko va T.I.Isachenko (1978) atrof muhit kartalarni inventarizatsiya, resurs, baholash, bashoratlash va kompleks - rejalashtirish turlariga ajratadi. Geografik qobiq o'zida biologik, sotsial va texnikaviy sistemalarni mujassamlashtiradi. Bu sistemalar garchi biologik, sotsial - iqtisodiy geografik va texnikaviy fanlarning o'rganish ob'yetlarini tashkil etsada, ayni paytda bu sistemalar biogeografik, sotsial-iqtisodiy geografik va muhandislik-geografik ekosistema-larning asosiy tiplarining elementlari hamdir. Bunga bog'liq holda ko'plab ilmiy fanlarga tarmoqlanadigan uchta geoekologik yo'nalish hosil bo'ladi. Ularning har birida geoekologik kartalarning monand turlari tarkib topgan yoki hosil bo'lmoqda: - organizmlarning, shu jumladan insonning yashash muhiti bilan o'zaro aloqalarini ifodalaydigan bioekologik kartalar. Geobotanik, zoogeografik kartalardan tashqari geoekologik kartalarning bu turlariga inson ekologiyasi nuqtai nazaridan tibbiy - geografik, rekreatsion va boshqa turdagi kartalar kiradi; - jamiyat va uning mavjudligi muhiti orasidagi o'zaro aloqalarni ko'rsatadigan sotsial- va iqtisodiy - ekologik kartalar. Geokologik kartalarningbu turiga mansub boGeokologik kartalarningbu turiga mansub bo kartalar juda ko'p xil bo'lib, unga demografik - ekologik kartalardan tortb yerlardan foydalanish kartalarigacha bo'lgan kartalar kiradi; - texnikaviy inshootlar va mexanizmlarning tabiiy muhit bilan o'zaro ta'sirini ifodalaydigan muhandislik - ekologik kartalar. Geoekologik kartalarni tuzish - bu kop jihatdan ixtisoslashgan geografik kartalarni tuzishdan iborat. L.Y.Smirnov (1992) geokologik kartalarni quyidagicha guruhlaydi: Tabiiy sharotlarning bahosi kartalari aholini joylashtirish, yerlarni sanoat va qishloq xo'jaligi uchun o'zlashtirish, shahar, yo'l, meliorativ qurilishni rejalashtirish uchun asos yaratadi. Bunday kartalarga, shuningdek, tuproqlarning sho'rlanish, yerlarning erozion xavfi, ko'pyillik muzloqlarning tarqalishi, tuproq sifati, chuchuk suvlar bilan ta'minlash, tibbiiy - iqlimiy kartalar va boshqa kartalar kiradi. Stixiyaviy ofatlar xavfi to'g'risida ogohlantiruvchi kartalar aholi manzilgohlarini, aloqa yo'llarini, shuningdek tug'onlar, AESlar va boshqa mutakkab texnik inshootlarni loyihalashtirish uchun zarur. Bunday kartalarga zilzilalar ehtimoli bo'lgan zonalarni, qor ko'chkilari, sel, surilmalar, opirilmalarning tushish yo'llari; suv bosadigan, yong'in xavfi bo'lgan, tufonlar va quyunlar rayonlari va boshqa kartalar mansub. Tabiiy mihitning buzilishi kartalari ko'pincha ekologik katralar deb ham ataladi. Bunday kartalarda suv va atmosfera orqali sanoat va maishiy chiqindilarning hududlarda tarqalishi, zaharli moddalarning chiqarilishi,foydali qazilmalarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.11 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.11 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga