GEoekologik muammolar va ularning ilmiy asoslari Tabiiy ifloslanishning asosiy manbalari: vulqon otilishi,zilzila, sel, yong'inlar, ko'chki, suv toshqini, kuchli shamollar kabi tabiiy jarayonlar natijasida sodir bo'ladi. Bu turdagi ifloslanish bevosita tabiiy jarayonlar bilan bog'liq bo'lib, unda inson ishtiroki bo'lmaydi. Antropogen ifloslanish:Inson xo'jalik faoliyati bilan bog'liq barcha ifloslanishlarni tabiat komponentlari bo'yicha:suvning, havoning va tuproqning ifloslanishi, Shuningdek, geotizimlarning ifloslanishi kabi guruhlardan iborat. Antropogen ifloslanish davomiyligiga ko'ra:vaqtinchalik va doimiy; Tarqalish ko'lamiga ko'ra: global, regional va lokal guruhlarga ajratiladi. Tabiiy obyektlarning ifloslanish darajasini aniqlash uchun me'yoriy ko'rsatkichlardan foydalanish taklif qilinadi. Ruxsat etilgan me'yor (REM) - bu ifloslantiruvchilarning shunday konsentratsiyasidan iboratki, bu ko'rsatkich insonga,tirik organizmlarga bevosita yoki bilvosita zararli ta'sir etmaydi. Atmosfera havosidagi ba'zi zararli moddalarning REM Atmosfera havosidagi ba'zi zararli moddalarning REM Tabiiy muhitning ifloslanishida 7 mingdan ziyod kimyoviy birikmalar ishtirok etadi. Ular orasida zaharli, mutagen (irsiy o'zgarishga olib keladigan) va kanserogen moddalar borligi aniqlangan. Bular orasida 7 ta eng kuchli zararli moddalar ma'lum: 1. Havodagi azot ikki oksidi (N02), 2. Havodagi benzol (S6N6 ning organik birskmasi, sodda aromatik uglevodorod), 3. Suvdagi pestitsid, 4. Suvdagi nitratlar (azotishqorining N03 tuzlari), 5. Oziq-ovqat va tuproqdagi qo'sh oksidlar, 6. Oziq-ovqatlardagi polixlorlashgan difenillar (difenil SSH5 - S6H6 organik eritmada yaxshi eriydi), toshko'mirdan olinuvchi smoladagi antrotsit yog'da mavjud, 7. Tuproqdagi ishqor. Ichimlik suvida : 4 gm3 miqdorda kam kislorod bo'lmasligi lozim. Xlor ioni 350,sulfat 500, temir-0,3, marganets-0,1, mis-1,0, rux-5,0, allyuminiy -0,5, metafosfat-3,5, fosfat-3,5, quruq qoldiq 100 mg1 dan kam bo'lishi kerak. Bunday suv ichish uchun yaroqli. Suvni minerallashuvi 100 mg1 dan ziyod bo'lsa yaroqli emas, 100mg1 dan kam bo'lsa ham yaroqsiz, tuz kamlik qiladi, distillangan suv. Suvni qattiqligi PH 6,5-8,5 atrofida bo'lish lozim. Geoekologik muammolar - insonlarning sog'ligi va xo'jalik faoliyatiga salbiy ta'sir etadigan, ularning tabiiy muhit bilan munosabatlarida va geotizimlarning birbutunligida nomutanosiblikni keltirib chiqaruvchi, tabiiy va antropogen omillarnatijasida yuzaga kelgan jarayon va hodisalar.Geoekologikmuammolar tabiiy geografik qonuniyatlarga bo'ysinadi. Geoekologik muammoni ekotizim, biogeotsenoz yoki ma'muriy-hududiy birlik doirasida o'rganish ham mumkin Shu sababli bunday muammolarni tarqalgan maydoni bo'yicha - global, regional va lokal, ayrim hollarda esa milliy kabi guruhlarga ajratiladi. Global geoekologik muammolar - butun geografik qobiq doirasida ro'y beradigan va yer yuzining barcha qismlariga ta'sir etadigan, barcha mamlakatlarga,butun insoniyatga birdek xavf soladigan eng murakkab geoekologik muammolardir.Bularga: issiqxona samarasi va iqlim isishi, Ozon tuynugi, dunyo okeani sathining ko'tarilishi va suvining ifloslanishi, cho'llashish va h.k. kiradi. Regional geoekologik muammolar har bir joyning o'ziga xos tabiiy sharoiti, mavjud resurslaridan noto'g'ri foydalanish, sanoat chiqindilarining suv xavzalariga va atmosferaga ko'p chiqarilishi, yer-suv va yaylovlardan noto'g'ri foydalanish ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: pptx