Geoekologik prognozlashtirish va prognoz Reja: 1. Geoekologik prognozning amaliy ahamiyati. 2. Geoekologik prognozlashtirishning obyekti, maqsadi va usullarini tushuntirish. 3. Ekologik vaziyatlarni prognozli xususiyatlari 4. Tabiiy va tabiiy-antropogen jarayonlarni o'zgarish yo'nalishlari va ulardan prognoz maqsadida foydalanish. 5. Prognozlashtirishni amalga oshirish va prognoz natijalari. 6. O'zbekistonda ekologik vaziyatlarni o'zgarishining prognozi. Ekologik vaziyatlarni prognoz qilish muhim amaliy ahamiyatga molik. Tabiat bilan jamiyat o'rtasida munosabatlarni chigallashib borayotgan hozirgi vaqtda hududlarni istiqbolda qanday xususiyatlarga ega bo'lishliklarini bilish xar bir kishini qiziqtiradi. Bu borada inson xo'jalik faoliyati kuchli sur'atlarda sodir bo'layotgan geotizimlarni ekologik vaziyatlarini prognozlashtirish va prognozlarini, shuningdek geotizimlarni ekologik muvozanatlarini prognozlashtirish va prognozlarini ishlab chiqish ayni muddaodir. Prognozlashtirishning obyekti. maqsadi va usullari. Geoekologik tadqiqotlarda prognozlashtirish obyektlari bo'lib landshaft, uning morfologik birliklari, geotizim, tabiiy jarayon, hodisa va boshqalar xizmat qiladi. Prognozlashtirish maqsadi turlicha bo'lishi mumkin: a) landshaftning dinamik o'zgarishi natijasida ekologik vaziyatlarni evolyutsiyasi yoki asosiy yo'nalishlarini aniqlash, b) sanoat korxonalari chiqindilarini ko'plab chiqarilishi natijasida atrof muhitni ifloslanishi va buning asosida vaziyatni jiddiylashuvini prognoz qilish, v) Orol dengizi satxini pasayib borishi natijasida uning qurigan qismida ekologik vaziyatni murakkablashuvini prognoz qilish va b. Prognozlashtirish usullari nixoyatda bisyor, lekin ulardan eng samarali va aniq natijalar ishlab chiqish uchun qulay usullarini tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Bu borada landshaft va geoekologik tahlil, o'xshatish, ekspertlar baholashi, landshaft-indikatsiyasi, strukturali dinamik qatorlar va boshqalar amaliy ahamiyatga ega. Ekologik vaziyatlarni prognozli xususiyatlari. Har qanday vaziyat o'z tarkibida ma'lum prognostik elementlar, xususiyatlar, belgilarga ega bo'ladi. Buning ifodalanishi geotizimning strukturali-dinamik holati, o'zgarish yo'nalishi va boshqa xususiyatlariga bog'liq. Inson omili muntazam ta'sir etib turgan bir chog'da bir vaziyat negizida keyingi vaziyatning belgilari tarkib topa boshlaydi. Bu to'g'risida ko'proq tabiiy jarayonlar guvoxlik beradi, shuningdek grunt suvlari rejimi, tuproq, o'simlik xam yaxshi darakchi bo'la oladilar. CHunonchi, grunt suvlarini satxini 7 m dan quyiga tushib ketishi tekislikda elyuvial sharoitning xukmron bo'lishidan darak beradi, bu holda tuproq avtomorf rivojlanish bosqichiga o'tishga intiladi, buning oqibati avvalgi mezofitlar ksero- va galofit (psammofit) guruqi bilan almasha boshlaydi. Prognozlashtirishda dala sharoitida bu hodisalarni chuqur tahlil qilish xam yetarli ma'lumotlarni to'plashga imkon beradi. SHuni e'tiborga olish zarurki xar bir landshaftning ekologik vaziyati faqat o'zida yaqqol prognostik xususiyatlarga ega bo'ladi, tog' landshafta tekislikdan farq qiladi, tog' yon bag'rlarida tekislikka qarama-qarshi belgilar tarkib turadi. Bunda eroziyaning turli darajadagi belgilarini to'g'ri tanlab ola bilish zarur, yonbag'irlarning surilishi, yaylov maxsuldorligini o'zgarishi, jar eroziyasini vujudga kelishi yoki avvalgi jarni balkaga aylanishi va b. Tabiiy jarayonlarning o'zgarish yo'nalishlari. Prognozlashtirishning eng sodda lekin to'g'ri yo'naltirilgan usullaridan biri tabiiy jarayon va hodisalarni o'zgarish yo'nalishlarini e'tiborga ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.13 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.13 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc