Geoekologik xaritalashtirish. Reja: 1.Ekologik xaritalashtirishning mazmuni 2.Ekologik xaritalashtirishning tasniflanishi 3.Ekologik xaritalarni tuzishning metodologik asoslari 4.Amaliy ekologik xaritalashtirish 5.Ekologik monitoring natijalari asosida xaritalashtirish 6.Geoekologik xaritalashtirish usullarini asoslash. Geoekologik xaritalashtirish mazmuni, turlari va tasniflanishi. Atrof muhit holatini xaritada tasvirlash muhim masala, uning ilmiy va ahamiyati barchaga ma'lum. Ekologik xaritalashtirish deganda faqat birgina «Ekologik xarita» ni tuzishni nazarda tutmaslik kerak. «Ekologiya» tushunchasiga ko'ra tirik organizmlarning bir-birlari va atrof muhit bilan bo'lgan o'zaro munosabatlarini o'rganish deb qaralsa, u holda bu yo'nalishda bir necha bir-birlari bilan bog'liq bo'lgan mavzuli xaritalar yaratish mumkinligi ravshan bo'ladi. Tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish, ekologik vaziyatlar, inson bilan tabiat munosabatlarining geografik va ekologik aspektlarini kamrab olganliklari tufayli bu borada ko'plab turli mavzuli analitik va sintetik xaritalar tuzish taqozo etiladi. Ekologik xaritalarni mazmuni, funktsional vazifasi (biror maqsadga yo'naltirilganligi), undan foydalanish turiga ko'ra uch tipga: 1) umumekologik, 2) aniq maqsadga yo'naltirilgan, 3) amaliy xaritalarga ajratish mumkin. Umumekologik xaritalarga mazmunan keng qamrovli, ko'pgina ekologik hodisalar va jarayonlarni majmuali umumlashgan tarzda tasvirlaydi. Bu guruhdagi xaritalar sintezlashgan toifaga mansubligi tufayli kartografik mazmuni ancha murakkab tuzilmaga ega va shuning uchun xam boy ma'lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. «Tabiatdan foydalanish», «Ekologik xarita», «Geoekologik xarita», «Tabiatni muhofaza qilish» va boshqa shu toifadagi xaritalar umumekologik xaritalar deb atash mumkin. Aniq maqsadga yo'naltirilgan ekologik xaritalar maxsus kartografik mazmunga ega bo'lib, biror ekologik yoki tabiat muhofazasiga oid hodisalarni tasvirlashga qaratilgan bo'ladi. Bu jihatdan qaraganda ushbu toifadagi xaritalar mazmuni ma'lum maqsadga yo'naltirilganligi tufayli tabiat komponentlari yoki resurslaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan ekologik vaziyatni tavsiflaydi. Bu borada, masalan, suv resurslaridan foydalanish borasida hududda tarkib topgan ekologik ahvol va u bilan bog'liq boshqa jarayon va hodisalar umumlashgan holda xaritada aks ettiriladi. Albatta, asosiy xaritada suv resursidan foydalanish va uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ayrim xarita-kesmalarda asosiy xaritani mazmunini to'ldirish maqsadida ba'zi hodisalar tasvirlanadi. Bu guruhdagi ekologik xaritalar ma'lum tabiat resurslaridan foydalanish natijasida tarkib topgan ahvol (vaziyat) ni tasvirlashga qaratilganligi tufaili mutaxassislar uchun u integral baholashga xizmat qiladi. Amaliy ekologik xaritalar mazmunan tegishli ekologik vaziyatlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Kartografik jihatdan va o'z oldiga qo'ygan aniq maqsadiga ko'ra bu toifadagi xaritalar sintetik va analitik guruhlarga bo'linadi. Sintetik ekologik xaritalar mazmunan ancha boy, ularda hisob-kitob natijalari olingan ko'rsatkichlar, mezonlar, me'yoriy ma'lumotlar, kuzatish asosida erishilgan jamlama ma'lumotlar, tajribaviy va dala axborotlari maxsus kartografik shartli belgilar asosida tasvirlanadi. SHuni alohida ta'kidlash lozimki, bu guruhdagi xaritalar ko'proq qayta ishlangan, ya'ni tahlil qilingan miqdoriy va sifatli ko'rsatkichlarni tasvirlaydi, bu jihatdan ular analitik xaritalardan keskin farq qiladi. Ekologik xaritalarni tuzishning metodologik asoslari. Tabiat ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.52 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.52 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc