Geoekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Tabiatdan oqilona foydalanish tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida ularni qayta tiklash hamda atrof muhitni insonning ekologik muhiti sifatida muhofaza qilishni ham taqoza etadi. Shu sababli atrof muhit muammolari hozirgi davrning eng muhim muammolari jumlasiga kiradi. Insoniyatning beshikast mavjudligi ham ko'p jihatdan atrof muhit muammosining to'g'ri hal etilishiga bevosita bog'liq. Bu muammoning muhimligi va jiddiyligi esa tabiiy resurslardan tobora ko'proq foydalanishga hamda atrof muhitning ifloslanish jarayoniga bog'liq. Atrof muhit muammosining ahamiyati atmosferada karbonat angidrid gazi miqdorining ortib boratotganligida radiasiya fonining ortishi, yashil qoplamli maydonning qisqarishi va boshqa global o'zgarishlarda yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bu xildagi global o'zgarishlar sayyoraviy miqyosdagi jarayonlarning me'yorida kechishining buzilishiga, hatto to'xtatib qo'yish va hayotning mavjudligiga ham xavf - hatar tug'dirish mumkin. Atrof muhitni muhofaza qilish nafaqat tabiiy, balki o'ta jiddiy sotsial va siyosiy muammo hamdir. Ilmiy - texnika inqilobi ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish uchun zarur bo'lgan tabiiy resurslardan intensiv (lotincha intension - kuchlanish, kuchayish) foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Ammo bu inqilob ma'lum darajada insonning atrof muhit bilan o'zaro munosabatlarini murakkablashtiradi, ekologik sistemalarga va butun biosferaning tartibiga yaqqol seziladigan va kutilmagan o'zgarishlarni kiritadi. Bunday o'zgarishlarga havo, suv va tuproqlarning ifloslanishi, tuproq qoplani va qimmatbaho landshaftlarning buzilishi, o'simliklar va hayvonlar foydali turlari sonining kamayoshi bog'liq. Atrof muhit holatining yomonlashuvi jamiyat va tabiat o'zaro ta'sirining yangi shakli bo'lgan atrof muhitni muhofaza qilish zaruriyatini vujudga keltirdi. Inson faoliyatining tabiatga ta'siri mahalliy va regional miqyoslarda o'zining nomaqbul oqibatlarini namoyon qila boshladi va shu tufayli dastlab tabiatning ayrim komponentlari yoki o'ziga xos ladshaftlarini alohida belgilangan hududlarda muhofaza qilishga ehtiyoj tug'ildi. Ana shu maqsadlarda dastavval tabiatning noyob, diqqatga sazovor bo'lgan obyektlari, tabiat yodgorliklari, hayvonot va nabotot olamining kamayib borayotgan turlari konservativ (lotincha konservatio - qo'riqlash, saqlash, asrash) shaklida muhofaza qilina boshlandi. Tabiatni muhofaza qilishning bunday shakli tabiat obyektlarini inson faoliyatidan saqlash maqsadlarida amalgam oshirilgan holda insonning o'zini, uning hayotiy muhitini muhofaza qilishni nazarda tutmaydi. Tabaitni muhofaza qilish termini Yevropamamlakatlarida XYII asrdan boshlab qo'llanila boshlangan bo'lsada, u ayniqsa 1913 yilda Shveysariyada o'tkazilgan tabiatni muhofaza qilish bo'yicha I xalqaro s'yezddan so'ng ilmiy termin sifatida keng tarqala boshladi. Inson faoliyati hali mahalliy sajiyaga ega bo'lgan XIX asrning oxiri - XX asrning boshida tabiatni muhofaza qilish tabiat obyektlarini xo'jalikda foydalanishdan chetlashtirish yo'li bilan amalgam oshiriladigan tadbir sifatida qaralar edi. Keyinroq tabiatga inson ta'sirining miqyoslarining kengayishi va chuqurlashuviga bog'liq holda tabiatni muhofaza qilishning mazmuni ham o'zgardi. Tabiatni muhofaza qilish deganda barcha tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tiklanadigan tabiiy resurslarni kengaytirilgan takroriy barpo qilish va inson ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.59 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.59 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc