Geoekologiyaning tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari XX asrning 80-yillaridan boshlab olimlarning tabiat va jamiyat o'zaro ta'siri muammolariga e'tiborining kuchayishi geoekologiya terminini keng qo'llanilishiga sabab bo'ldi. Ammo, bu termin hozirgi paytga qadar aniq va umumqabul qilingan qoidaga ega emas, geoekologiyaning predmet va vazifalari ham aniq ifodalanilganicha yo'q va ularga berilgan turli ta'riflar mavjud. Shuningdek, geoekologiyaning nazariy asoslari ham hanuzgacha to'liq yaratilganicha yo'q va shu sababli uning nazariy jihatlari etarlicha o'rganilmagan masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Hozircha tushunchalarni yaratish, ularning mazmuni va hajmini chegaralash zarur. Geoekologik tadqiqotlarga taalluqli masalalarning doirasi aniqlanmagan, umume'tirof etilgan metodologiya va terminologik baza mavjud emas. Zero, har bir fanning asosiy tushunchalarini belgilashdagi noaniqliklar shu fanning rivojlanishiga tusqinlik qiladi. Shuningdek, Hozirgi paytda geoekologiyaning ayrim yo'nalishlari belgilangan bo'lsada, uning metodologik asosi, shu jumladan fanlar tizimida tutgan o'rni va maqomi to'g'risidagi masalalar hanuzgacha bahs-munozarali, uning kompetentligining maydoni va chegaralarini belgilash esa aniq tadqiqot faoliyatining etiboridagi predmet bo'lib qolmoqda. Geoekologiya keng tushunchasi doirasida ko'plab juda xilma-xil ilmiy yo'nalishlar va analiy muammolar turadi. Geoekologiya jamiyat va tabiat o'zaro ta'sirining ko'p jihatlarini qamrab olganligi sababli uning predmeti, obyekti va mazmunining turlicha talqin etish kuzatiladi. Geoekologiya termini talqinida, uning predmeti, maqsadi va vazifalarini aniq belgilashda bir qancha yo'nalishlar mavjud. Ayrim olimlar geoekologiyani geografik, geoekologik, tuproqshunoslik va boshqa bir qator fanlarning hozirgi rivojlanishi va sintezining mahsuli deb hisoblaydilar. Bu olimlar geoekologiyani uyushuvning yuqori darajasidagi antropogen o'zgartirilgan ekosistemalarning mavjudligi (funksiyalashuvi)ning qonuniyatlarini o'rganadigan ekologik yo'nalishdagi integral fan sifatida keng ma'noda talqin qiladilar. Geologiyada geoekologiya geologik muhit ekologiyasi sifatida qaraladi; geoekologiya va ekologik geologiya terminlari sinonimlar hisoblanadi. Bunday yondashuvda geoekologiya geologik muhitning tabiiy muhitning boshqa tarkibiy qismlari - atmosfera, hidrosfera, biosfera bilan qonuniy to'g'ri va aks aloqalarini o'rganadi, inson xo'jalik faoliyatining turli xilda namoyon bo'lishidagi ta'sirini baholaydi. Bunday holda geoekologiya geologiya, geokimyo va ekologiya tutashuvidagi fan sifatida qaraladi. Geoekologiyaning geografiyda landshaft ekologiyasining tadrijiy rivojlanishi negizida tarkib topishi, geoekologiya terminining ilk bor geograflar tomonidan ilmiy muomalaga kiritilganligi e'tiborga olinsa, geoekolgiyani hozircha geografik fanlar sistemasiga mansubligini inkor qilib bo'lmaydi.Geokologiya geografiyaning ichki (tabiiy geografiya va sotsial-iqtisodiy geografiya) hamda tashqi (ekologiya, falsafa, iqtisodiyot va texnikaviy fanlar) interatsiyasining mahsulidir. Shu nuqtai nazrdan geoekologiya geografik, biologik (ekologik) va sotsial - ishlab chiqarish sistemalarinining o'zaro ta'sirini o'rganadigan integrativ ilmiy yo'nalish sifatida talqin qilinishi lozim. Bu holda geoekologiya tabiatdan foydalanishning ekologik jihatlarini, jamiyat (inson) va tabiat o'zaro munosabatlari masalalarini o'rganadi. Uning uchun sistemali va sinergetika paradigmalaridan, evolyutsion yondashuvdan faol foydalanish xos. Shunday qilib, geoekologiya - tabiat - jamiyat sistemasidagi o'zaro munosabatlarni, jamiyatning tabiiy muhit bilan o'zaro ta'siri va ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.69 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.69 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc