Geoekologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishining qisqacha tarixi XX asrning 30-yillarida amerikalik olimlar tomonidan geografiyani inson ekolgiyasi to'g'risidagi fan sifatida tushunish to'g'risida g'oya bildirilgan edi. V.B. Sochavaning yozishicha (1970), 1922 yilda H.H.Barrouz amerika geograflari uyushmasiga yo'llagan Geografiya inson ekologiyasi sifatida deb nomlangan prezidentnomasida geografiya odamlar va hudud orasidagi munosabatlarni o'rganishi kerak, degan shu davr uchun original bo'lgan vazifani qo'yadi. Keyinchalik bu g'oya ingliz tadqiqotchilarining ishlarida rivojlantirildi (Eyre,Jones,1966). K.D.Glinka (1927) va L.S.Berg (1929) V.V.Dokuchayevning ekologik tamoyillarini landshaftshunoslikda qo'llash mumkinligini ko'rsatdi. Ularning tashabbusi tufayli landshaftlarning ekologik-resurslik va muhitlik xususiyatlari tadqiq qilina boshlandi. L.G. Ramenskiyning turli yashash joylari va hayot muhitining bog'liqligi to'risidagi yer ekologiyasi, yoki ekotopologiya ta'limotni yaratdi. Uning bu kontsepsiyasi ekologiyani geografiya bilan yaqinlashtirdi.L.G.Ramenskiyning ekotopologiya (yerlar ekologiyasi) kontsepsiyasi mohiyatiga ko'ra K. Trollning landshaft ekologiya kontsepsiyasiga juda yaqin turadi. 1939-yilda nemis geografi K.Troll mohyatiga ko'ra yerlar ekologiyasiga o'xshash landshaft ekologiya (landshaftsőkologie) terminini taklif qildi. Landshaft ekologiya terminini qo'llaganda K.Troll landshaftlarning tashqi qiyofasini, ularning hududiy taqsimlanishini va ularda kechadigan jarayonlarni yaxlit holda qamrab olishi zarur ekanligini nazarda tutgan. Dastlab К.Тroll landshaft ekologiyaning asosiy vazifasi aerofotosuratlarni tadqiq qilishdan iborat ekanligini ta'kidlagan holda landshaft ekologiya Yer yuzasining makondagi (hududiy) ekologiyasidir deb fikr bildirgan edi. Keyinroq K.Troll (1963) tabiiy hodisalarning o'zaro ta'sirini o'rganish maqsadida Yer yuzasining hududiy tabaqalashuvini hamda ekologik sistema sifatida o'rganadigan muayyan ekotopda hodisalarning o'zaro ta'sirini tadqiq qilish landshaft ekologiyaning vazifalaridan biri, deb hisoblaydi. Landshaft ekologiyaning ob'yektini Yer yuzasidagi tabaqalashuvni ifodalaydigan tabiiy - hududiy komplekslar (landshaftlar) hamda muayyan tabiiy - hududiy kompleksni band etgan senozlar va ekotoplar tashkil etadi. XX asrning 70-yillarida Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Chexiya, Slovakiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShda landshaft ekologiyaga doir tadqiqotlar ancha kuchaydi. Bu yillarda landshaftlarni tadqiq qilishda universal ilmiy metodlardan biri bo'lgan ekologik metodlar keng qo'llanila boshlandi. Bu metodlar har qanday sistemani, jumladan geosistemalar (landshaftlar)ni ham tadqiq qilishda samarali foydalanila boshlandi. Ekologik sistemalarni landshaftning topologik komponentlari sifatida o'rganishda ekosistemani tashkil etuvchi barcha elementlarinng o'zaro aloqalariga hamda ekologik va landshaft - geografik tamoyillari asosida hayot muhitining shakllanishi masalalariga qaratiladi. ХХ аsrning 70-yillaridan boshlab Slovakiya Fanlar akademiyasining Landshaft biologiyasi (keyinchalik eksperimental va ekologiya) instituti har uch yilda bir marta xalqaro simpoziumlarni o'tkaza boshladi. Bu simpoziumlarda lanshaft biologiyasi va ekologiyasiga hamda hayot muhitini yaxshilash va muhofaza qilishga doir nazariy muammolar muhokama qilindi. Beshinchi simpoziumda (1974) landshaft ekologiyaning Xalqaro uyushmasini (LEXU) tashkil etish g'oyasi vujudga keldi. Landshaft ekologiyasi bo'yicha Xalqaro uyushmaning dasturlari va qarorlariga ko'ra (1984), lanndshaft ekologiya deb fanlararo soha tushuniladi. Bu soha tabiat va jamiyat oaro ta'sirining turli jihatlarini ko'pgina fanlarning ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.36 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.36 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc