Geografik ekologiya - tabiat komplekslari ekologiyasi to'grisidagi fan Reja: 1. Geoekologiya - geografik ekologiya to'g'risidagi fan ekanligi. 2. Geografik ekologiyaning tadqiqot obyekti to'g'risidagi tushuncha. 3. Geoekologiyaning tadqiqot obyekti landshaft va uning morfologik qismlari ekanligini asoslash. 4. Geografik ekologiyaning tadqiqot jarayonlari to'g'risida tushuncha. 5. Biotik va abiotik tabiat komponentlarining o'zaro munosabatlarini ilmiy asoslash. 6. Landshaftda modda va energiya migratsiyasi hodisalarini ilmiy asoslash. Ekologiya tirik organizmlarning atrof-muhit bilan bo'lgan o'zaro munosabatini ekotizimlarda o'rganadi, lekin ekotizim hudud jihatdan xoxlagan joy bo'lishi mumkin. Bu borada tegishli tabiiy qonuniyatlardan foydalanish murakkab kechadi. SHuning uchun tirik va notirik tabiat o'rtasidagi munosabatni ma'lum tabiiy jihatdan chegaralangan hududlarda o'rganish ko'zlagan natijaga erishishga imkon beradi. Bizningcha, bu yo'nalishda geografik ekologiyaning ahamiyati muhimdir. Geoekologiya-geografik ekologiya to'g'risidagi fan. Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning endilikda tobora murakkablashib borayotgani va bu borada bu jarayonning turli oqibatlarini keng miqyosda kengayib borayotgani uning qisqa muhitlarda optimallashtirish vazifasini taqozo etadi. Biosferada insonning tabiat bilan bo'layotgan xo'jalik sohasidagi o'zaro munosabatlarini me'yorga solish, resurslardan tejab-tergab foydalanish, muhitning musaffoligini saqlab qolish, jamiyat rivojlanishini barqarorlashtirishga, aholining sog'lig'ini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabat nafaqat inson bilan atrof-muhit, balki butun tirik organizmlar bilan abiotik tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir, bog'liqlik va harakat ma'nosida tushunish lozim. CHunki o'simliklar bilan hayvonlar orasida o'zaro hayotiy ekologik munosabat hamda ular bilan notirik tabiat orasida o'zaro ta'sir mavjud, lekin bu murakkab ekologik jarayonlar insonning mehnat faoliyati natijasida yanada jiddiylashadi, oqibatda u yoki bu darajadagi vaziyat tarkib topadi, ekologik muvozanat qaltis xolga keladi. Gap shundaki, inson xo'jalik faoliyati tufayli ko'p ming yillik ekologik muvozanatni buzilishini tezlashtiriadi, muvozanatning buzilishi natijasida tirik va notirik tabiat orasidagi o'zaro munosabat xam izidan chiqadi. Buning oqibatida qulay ekologik vaziyat boshqa noqulay vaziyat bilan almashadi. Bu xol tirik organizmlar guruhlarini og'ir (jiddiy) ahvolga olib keladi. Tabiiy muhitda ekologik vaziyatlarning murakkablashuvi tabiiy komplekslarning xarakteriga muvofiq ravishda turli daraja va tezlikda sodir bo'lishi mumkin. Bu borada geografik tabiiy komplekslarda bu jarayonlarni o'rganish xamma jihatdan xam ma'qul va zarurdir. Tabiiy komplekslar avvalo tabiiy chegaralangan hududlarni egallaydi, binobarin bir xildagi geografik sharoit hodisalarni ma'lum yo'nalishda bir xil daraja va tezlikda sodir bo'lishini ta'minlaydi. Demak, xudulda ro'y berayotgan ekologik o'zgarishlarni tabaqalashgan tarzda tadqiq etish yuz berayotgan voqelikning aniq sabablarini bilishga yordam beradi. Har bir kompleks ma'lum mazmundagi axborotni beradi, ular turli tuman yoki bir-birlariga yaqin yoxud o'xshash bo'lishlari xam mumkin. Geografik ekologiyaning tadqiqot obyekti. Hududda ekologik jarayon turli miqyos va o'lchamlardagi joylarda sodir bo'ladi, buning maydoni yuz berayotgan hodisaning katta-kichikligi yoki masshtabiga bog'liq. Bu borada nuqtali, mahalliy, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.37 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.37 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc