Geografiya va ekologianing o'zaro integratsiyasi

Geografiya va ekologianing o'zaro integratsiyasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Geografiya va ekologianing o'zaro integratsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Geografiya va ekologianing o'zaro integratsiyasi Hozirgi davrda jamiyatning tabiiy muhitga ta'siri nafaqat miqyoslariga ko'ra, balki sifat jihatdan ham tubdan o'zgarib bormoqda.Hozirgi landshaftlardagi (geosistemalardagi) qaytmaydigan o'zgarishlar keng ko'lamlarga ega bo'ldi va aholi salomatligida ham o'z aksini topmoqda. Bu hol esa aholining tabiiy muhitni ifloslanishdan himoya qilish va tabiatdan oqilona foydalanish uchun ekologik harakatini kuchaytirdi. Shu sababli hozirgi paytda tabiat va jamiyat o'zaro ta'sirini optimallashtirishning ilmiy nazariyasiga bo'lgan ehtiyoj kuchaydi. va bu ta'sir muammosi turli soha mutaxassislarini qiziqtirmoqda. Tabiatga inson ta'sirining kuchayishi va atrof muhit muammolariga bog'liq holda deyarli barcha fanlarga ekologiyaning ta'siri ham kuchaydi va fanlarning ekologiyalashuvi boshlandi. Rivojlanishining hozirgi bosqichida geogarafiya oldida turgan muhim vazifalardan biri turli miqyoslarda sodir bo'layotgan geoekologik muammolar yechimida faol ishtirok etishdan iborat. Bu muammolarning yechimi esa ayni paytda geografiyaning ekologiyalashuvini, o'zining tadqiqqotlarida ekologik metodlarni faol qo'llay bilishni hamda ekologiya bilan hamkorlik qilishni taqoza etadi. Muhitni o'rganishga ilgari faqat biologiya fani uchun xos bo'lgan ekologik yondashuv hozirgi pytda geografiyada ham faol rivojlanmoqda. Inson (jamiyat xo'jalik faoliyatining uzluksiz kengayib borayotgan miqyoslari) mahalliy va regional sharoitlarni ilmiy asoslangan bahosini va tabiatdan foydalanish jarayonidagi salbiy yoki ijobiy sajiydagi ehtimoliy bevosita va bilvosita oqibatlarining ilmiy asoslangan bashoratlashtirishni talab qiladi. Geografiyaning obyektini barcha davrlarda Yer yuzasida tabiat - aholi - xo'jalik uchbirligi tashkil etgan. Hozirgi davrda geografiya fanlarining obyektini geografik qobiq tashkil etadi. Geografiyaning tadqiqot amaliyotida sistemali yondashuvning keng tadbiq etilishiga bog'liq holda turli xildagi va kattalikdagi hududiy geosistemalar, ularnning shakllanishi, tuzilmasi, dinamikasi, tarixiy rivojlanishi va kelgusidagi o'zgarishlari geografiyaning predmeti deb tan olindi. Geosistemalar atrof muhitni va geografik qobiqni yaxlit moddiy sistema sifatida shakllantiradi. Geografiyaning tobora kuchayib borayotgan insonparvarlik yo'nalishi uni inson yashaydigan muhitni qayta o'zgartirishnng samarali vositasiga aylantiradi. Qadimiy fan bag'irlarida shakllanayotgan yangi ilmiy yo'nalish - geoekologiya-ning kelajagi porloq. Chamasi, geoeografiya va ekologiyaning integratsiyasi tufayli shakllanayotgan aynan shu ilmiy yo'nalish V.I. Vernadskiyning erkin fikrlaydigan insoniyatnng manfaatlari uchun biosferani qayta qurish to'g'rsidagi masalani yechish orzusini amalga oshirish uchun nazariy poydevorni qo'yish imkonini beradi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni optimallashtirish kabi ekologik muammolarnng dolzarblashuvi ko'pgina fanlarning rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Geografiya ham bu ta'sirdan chetda qolmadi.Geografik tadqiqotlarning umumiy balansida ekologik muammolarga doir majmuali ishlarning ulushi oshdi. Hatto geografiya rivojlanishining muayyan bosqichida ekologik muammolar uning asosiy yo'nalishiga aylandi. Tabiatni maqsadli o'zgartirishning umumiy nazariyasi sifatidagi konstruktiv geografiya konsepsiyasi shakllana boshladi (Sochava, 1970; Gerasimov, 1976).Bu konsepsiyada ekologik yondashuv umumilmiy yondashuv sifatida qaraladi. Darhaqiqat, geografiya hozirgi paytda ekologik muammolar deb ataladigam muammolar bilan anchadan buyon shug'ullanadi. Amaliy geografiyaning ko'pgina vazifalari mazmun-mohiyatiga ko'ra ekologik sajiyaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.43 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.43 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga