Geografiya va ekologiyaning o'zaro aloqadorligi va bog'liqligi. Ekologiyaning tarkib topishi, rivojlanishi va hozirgi tuzilmasi Elologiya iborasi ilmiy tushuncha sifatida fanga ilk bor 1866-yilda nemis tabiatshunosi E. Hekkel (1834-1919) tomonidan kiritilgan. Elologiya so'zi yunoncha bo'lib, oykos - uy, logos - fan, ta'limot ma'nosini anglatadi. E.Hekkel o'zining Olam yaralishining tabiiy tarixi kitobida ekologiyaga shunday ta'rif beradi: biz ekologiya deb tabiat iqtisodiyotiga mansub bo'lgan bilimlar majmuasini tushunamiz Bir so'z bilan aytganda ekologiya - bu Darvin yashsash uchun ko'rashni keltirib chiqaradigan sharoitlar deb atagan barcha murakkab o'zaro munosabatlarni o'rganishdir. Shu sababli dastlab ekologiya - o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning o'zaro munosabatlari, shunindek ularning turkumlarining o'zaro va atrof muhit bilan munosabatlari to'isidagi fanni anglatgan. Ekologiyaning fan sifatida vujudga kelishi J.B.Lamark (1744-1829), A.Humboldt (1769-1959), Ch.Darvin (1809-1882), J.B.Fabr (1823-1915) va boshqa tabiatshunos olimlarning ilmiy g'oyalari bilan bevosita bog'liq. Ekologiya tan olingan mustaqil fan sifatida XX asr ostonasida vujudga keldi.Ekologik bilimlarning to'planishi va rivojlanishi dastlab biolog'oyada kechdi. Ekologiyada barcha organizmlar - o'simliklar va hayvonlar biror-bir turning alohida vakillari sifatida emas, balki turkumlar, superorganizmlar sifatida qaraldi.Muhit sharoitlari bilan o'zaro bog'liqlikdagi va o'zaro aloqadagi o'simlik va hayvonlarning tabiiy turkumlari to'g'risidagi tasavvurning shakllanishi o'ziga xos obyekti, metodlari, tadqiqot nazariyasi va vazifalariga ega bo'lgan ekologiyani fan sifatida shakllanishiga imkon berdi. Biologk resurslardan oqilona foydalanish, jonli tabiatni inson faoliyati ta'sirida o'zgarishini bashoratlashtirish, biosferada kechadigan jarayonlarni boshqarish va organizmlar (shu jumladan inson ham) yashaydigan muhitni asrashning ilmiy asoslarini yaratish aynan ekologiya zimmasida bo'ldi. Bu yillarda ekologiyaning rivojlanishida N.A.Severtsev (1827-1885), A.I.Voyeykov, (1842-1916), V.V. Dokuchayev (1846-1903), N.I.Vavilov (1887-1943), V.N.Sukachyov (1880-1967), D.N. Kashkarov (1878-1941), V.I.Vernadskiy (1863-1945), Y.N.Pavlovskiy (1884-1965) va boshqa ko'pgina olimlarning xizmatlari katta bo'ldi.Hozirgi fan-texnika inqilobi sharoitlarida bu allomalarning ta'limotlari geografiya va ekologiyaning boshqa yutuqlari bilan bir qatorda tabiat va jamiyat o'zaro ta'siri ekologik muammolarining yechimida nazariy asos bo'lib xizmat qiladi. XX asrning ikkinchi yarmida sistemali ekologik tadqiqotlar boshlandi. Ekologiya ikki yo'nalishda rivojlandi: birinchi yo'nalishning namoyondalari biosferani insonning ta'sirini e'tiborga olmagan holda tadqiq qildilar, ya'ni ularning tadqiqotlari organizmlarning o'zaro va muhit bilan aloqalarini o'rganishga yo'naltirishdi. Ekologik bilimlarning to'planishi dastlab biologiya doirasida kechganligi sababli o'simliklar ekologiyasi, hayvonlar ekologiyasi va ularning qismlari (hashoratlar ekologiyasi, baliqlar ekologiasi va b.) shakllandi. Bir qator biologik fanlar, masalan, o'rmonshunoslik, vujudga kelishi va rivojlanishining boshidayoq organizmlarning tabiiy turkumlarini o'rganish obyektiga, ya'ni ekologik yo'nalishga ega bo'lishgan va uzviy ravishda ekologiya tarkibiga kirgan. Bu hol ayniqsa dengizlar va chuchuk suv havzalarini biologik tadqiqotlarining sohasi bo'lgan hidrobiologiyaga talluqlidir. Hozirgi ekologiyaning ko'pgina asosiy tushunchalari (biosenoz, biomassa, trofik daraja va b.) hidrobiologiyadagi tadqiqotlar asosida shakllangan. Hozirgi paytda biologiya ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.66 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.66 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc