Geografiyaning ekologiya bilan hamkorligi Reja : Geografik qobiq, biosfera va atrof muhit tushunchalarining mohiyati, tarkibiy qismlari, son va sifat tavsifi. Geosistema va ekosistema to'g'risida tushuncha. Geografik qobiq va biosferaning kimyoviy tarkibi va xususiyatlari. Jamiyatning tabiatga ta'siri tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda uni optimallashtirish va tabatdan foydalanishning insonning o'zi yashaydigan muhit bilan o'zaro ta'siri strategiyasini ishlab chiqish asosida tabatdan foydalanish tiziminng muammolari muhim ahamiat kasb etadi. Jamiuat va tabiiy muhitning manfaatlari to'qnashadigan joyni geografik qobiq hosil qiladi. Geografik qobiq. Geograflar garchi barcha davrlarda Yer yuzasini o'rganish bilan shug'ullanishgan bo'lsalarda, Yerning o'ziga xos geografik qobiq to'risidagi tasavvur XX asr-ning boshlarida shakllana boshladi. Tarixiy - ilmiy jihatdan geografik qobiq to''risidagi konsepsiyaning ildizlari XYII asrning boshida U.Hilbert, B.Kekkerman, B. Varenius kabi tabiatshunoslarning g'oyaladiga borib tutashadi. Shuningdek, geografik qobiq to'g'risidagi tushunchaning elementlari A.Humboldtning tabiatning umumiy aloqalar to'g'risidagi, K. Ritterning landshaftlar va madaniy sfera to'g'risidagi, F.Rixtgofen, A. Herbertsin, A.N. Krasnovning geografik komplekslar to'g'risidagi, [F. Ratsel,] V.V. Dokuchayevning tabiat zonalari to'grisidagi, L.I. Mechnikovning geografik va madaniy geografik muhit to'g'risidagi, G. Marshning insonning tabiat bilan o'zaro ta'sir to'g'risidagi [D.N. Anuchinning] asarlarida ham mavjud. Geografik qobiq - tarixan shakllangan, sifat jihatdan o'ziga xos, uzluksiz rivojlanadigan, litosfera, hidrosfera va atmosferaning o'zaro ta'siri va bir-biriga kirib turishi natijasida vujudga kelgan hamda Quyosh energiyasi va organik olamning ta'siri ostida shakllangan bir butun va nomuvozanatli tabiiy sistemadir. Geografik qobiq - Yerning eng murakkab moddiy sistemasidir. Uning o'siga xos xususiyatlari Yer yuzasi sharoitlarida uzoq geologik davrlarda tabiiy jismlarning o'zaro ta'siri natijasida tarkib topgan. Geografik qobiq dinamik tizim bo'lib, unda moddalarning harakati uzluksiz kechadi, energiya y'nalishining o'zgarishlari va ritmik garayonlar sodir bo'ladi. Bu jarayonlar geografik qobiq va tashqi olam orasida va, shuningdek, geografik qobiqni tashkil euvchi kichik sistemalar orasida energiya ba modda aylanishining murakkab sistemasini hosil qiladi. Modda va energiya harakati geografik qobiqning barca qismlarini bog'lab turadi va uning bir butun bo'lishiga sabab bo'ladi. Geografik qobiq uchun Yer bag'irlari va va tashqi geosferalar moddalarining xilma - xilligiga nisbatan bir necha marta ko'proq bo'lgan moddalar tarkibibining nihoyat xilma - xilligi xos. Geografik qobiqda har uchala agregat holatda tarqalgan moddalarning fizikaviy tavsiflarining (zichlik, issiqlik o'tkazuvchanligi, issiqlik sig'imi, qayishqoqligi va b.) keng diapazoniga ega, moddalarning kimyoviy tarkibi va faolligi juda xilma-xildir. Geografik qobiqda organik, noorganik va bionoorganik moddalar ajratiladi. Geografik qobiqqa tushadigan energiya turlari va uning o'zgarishi shakllari juda xilma-xil. Energiyaning xilma-xil o'zgarishlari orasida uning to'planish jarayonlari (masalan, organik modda ko'rinishida) alohida mavqega ega. Geografik qobiq sayyoramizning erkin energiyaning har xil turlariga boy bo'lgan eng murakkab qobig'idir. Bu ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.51 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.51 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc