Geomorfologik muhit

Geomorfologik muhit

O'quvchilarga / Ekologiya
Geomorfologik muhit - rasmi

Material tavsifi

Geomorfologik muhit Reja: Jahonning yer resurslari va ulardan foydalanishning hozirgi holati Yer resurslarining degradatsiyasi, uning asosiy sabablari XX asrning ikkinchi yarmida sanoatning ekstensiv rivojlanishi litosferaning eng yuza qismida kimyoviy moddalarning jonli organizmlarning yashash muhiti uchun xos bo'lmagan konsentratsiualarda intensive to'planishiga olib keldi. Yer resurslari Yer resurslari tabiiy resurslar orasida tabiiy xususiyatlari va foydalanilishiga kо'ra alohida mavqega ega. Yer resurslari ishlab chiqarishni har qanday turining shart - sharoiti, tabiiy asosi va inson hayotiy faoliyatining eng muhim sharoitidir. Yer resurslarining asosiy iqtisodiy funksiyalariga bog'liq holda ikki tomonlama qaraladi. Birinchidan, yer har qanday ishlab chiqarish uchun, insonning barcha faoliyati uchun zarur bо'lgan hudud (makon) dir. Ikkinchidan esa, yer resurslari insoniyatga oziq - ovqat yetkazib beradigan manbadir. Inson faoliyatining turli sohalarida, ishlab chiqarishning turli jarayonlarida yer resurslarining iqtisodiy funksiyalari ham turli xildir. Sanoatda (tog' - kon sanoatidan tashqari), qurilishda, infratuzilma tarmoqlarida, korxonalar va qurilish inshootlarida yer asosiy hududiy asos bо'lgan holda ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita ta'sir kо'rsatmaydi. Tog' - kon sanoatining qazib oluvchi tarmog'i uchun ham hududiy baza, ham foydali qazilmalar saqlanadigan xazina dir. Bu tarmoqda ijtimoiy mehnatning mahsuldorligi muayyan darajada yer bag'ridagi foydali qazilmalarning miqdori va sifati bilan belgilanadi. Qishloq xо'jaligi ishlab chiqarishda yer resurslari alohida ahamiyat kasb etadi. Moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlaridan farq qilgan holda yer resurslari qishloq xо'jaligida mehnat predmeti va quroli, ishlab chiqarishning asosiy vositasidir. Ayni paytda yer resurslari tabiiy jism, tabiat komponentlari bо'lib, sayyoramiz yuzasining ma'lum bir qismini (150 milliard gektarga yaqin) ishg'ol etadi va geografik hamda tabiiy - tarixiy xususiyatlar va sharoitlarning xilma - xilligi bilan ifodalanadi. Yer resurslarining yaxlit integral resurslar sifatidagi universal (lot. universalis - umumiy) ahamiyatini e'tiborga olgan holda kо'pgina tadqiqotchilar yerni inson faoliyatining birorta turi ham usiz mavjud bо'lolmaydigan alohida, о'ziga xos resurslar, deb hisoblaydilar. Boshqacharoq qilib aytganda, yer resurslari muayyan tabiiy - hududiy komplekslarni (landshaftlarni) о'z ichiga oladigan hududdir. Shu nuqtai nazardan qaralganda tabiiy resurslar va yer resurslari tushunchalari xususiy va umumiy tushunchalardir. Yer resurslarining har bir ayrim xossasiga tabiiy resurslarning muayyan bir turi tо'g'ri keladi, tabiiy resurslarning kompleksi esa yer resurslarni hosil qiladi. Ammo qishloq xо'jaligi fani va amaliyotida kо'pgina hollarda yer tushunchasi tuproq tushunchasining, yer resurslari esa tuproq resurslari tushunchasining sinonimi sifatida qaraladi. Ammo yer va tuproq resurslarini aynan о'xshash resurslar deb hisoblash mumkin emas. Aniqrog'i, tuproq resurslari yer resurslarining qishloq xо'jaligida foydalaniladigan xossasidir. Tuproq va uning hosildorligi yer resurslarining ishlab chiqarishning boshqa vositalaridan farq qilishiga olib keladigan eng muhim xususiyatlaridan biridir. Ma'lumki, qishloq xо'jaligida yer resurslarining asosan faqat yuqori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.47 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.47 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga