Geosistema va ekosistema, ulardagi o'xshashliklar va tafovvutlar Ekosistema - jonli mavjudotlarninig har qanday turkumi va uning yashash muhitining ekologik komponentlari orasida mavjud bo'lgan o'zaro bog'liqlik va sabab-oqibat aloqalari negizida vujudga keladigan funktsional bir butunlikni hosil qiladigan tabiiy sistema. Ekosistema tushunchasi fanga ingliz biologi A. Tensli tomonidan 1935-yilda kiritilgan. Uning fikricha, ekosistema - tirik mavjudotlar va ularning mavjudligining abiotik sharoitlarining birlikdagi kompleksidir. Landshaftlarni muhofaza qilish lo'g'atida () bu tushuncha organizmlar, ularning guruhlari va majmualari hamda ularning muhiti, yashash omillarining majmuasi elementlar sifatida kiradigan sistema sifatida qaraladi. Ekosistema geosistema, landshaft, tabiiy hududiy kompleks kabi tabiiy -geografik hamda biogeosenoz kabi biogeografik tushunchalarga juda o'xshash. Ilmiy tushuncha sifatida geosistema fanga 1963 yilda V.B. Sochava tomonidan kiritilgan. Uning fikricha ekosistema - bu sayyoraviy geosistemalar (geografik qobiq yoki bir butun sifatdagi geografik muhit)dan elementar geografik sistemalar (tabiiy-geografik fatsiylar)gacha bo'lgan barcha toifalardagi tabiiy - geografik birlikdir. Yoki alohida tabiiy komponentlar boshqa komponentlar bilan sistemali aloqalarda bo'lgan va muayyan bir butunlik sifatida Koinot sferasi va kishilik jamiyati bilan o'zaro ta'sirda bo'ladigan Yerdagi barcha kattaliklardagi joylardir (Sochava , 1978). Geosistema tushunchasiga berilgan ko'pgina ta'riflar mavjud. Bu ta'riflarni uchta guruhga birlashtirish mumkin(Oxrana landshaftov, 19 ). Keyingi yillarda Yerning tabiiy geografik birliklari to'g'risidagi ilmiy tushuncha sifatida geosistema barcha geografik (tabiiy, sotsial-iqtisodiy va sotsial-tabiiy) sistemalar uchun ham qo'llanilmoqda. Geosistemalar - tabiatning ayrim komponentlari bir - biri bilan sistemali aloqada bo'lgan va muayyan bir butunlik sifatida Koinot sferasi va kishilik jamiyati bilan o'zaro ta'sirda bo'lgan turli darajadagi tabiiy birliklardir. Tabiiy va antropogen geosistemalar tashqi ta'sirlarga turli darajada reaksiya beradi, chunki tabiiy geosistemalar asosan tabiiy omillar ta'sirida, antropogen geosistemalar esa ham tabiiy, ham antropogen omillar ta'sirida rivojlanadi. Ammo ta'kidlash lozimki, texnogen omilning hatto intensiv ta'siri sharoitlarida ham tabiiy omillar texnogen omillarga nisbatan ustuvorlik qiladi. Ekologik yondashuvda geosistema (landshaft) ekosistema sifatida o'rganiladi va tirik organizmlar bu yondashuvning mag'zini tashkil etadi. Ba'zi adabiyotlarda geosistema va ekosistema tushunchalari sinonimlar sifatida qaraladi. Ammo bu fikrga to'liq qo'shilib bo'lmaydi. Ekologik yondashuvda geosistemalarning bir butunligi tirik organimlarning faoliyatiga bog'liq holda tushuntiriladi. Ammo ekologlar o'rganilayotgan predmetni biosentrik, geograflar esa polisentrik (Isachenko, 1972) yoki geotsentrik (Milkov,1989) jihatdan qaraydilar.Shuningdek, ekosistema va geosistema orasidag farq ularni tushunish uchun foydalaniladigan turli modellarning tafovvuti sifatida idrok qilinadi.Komponentlarning o'xshash yig'indisiga (jamlamasiga) ega bo'lgan ekosistema va geosistema sistemalar ichidagi aloqalarning turli yo'nalishi bilan farq qiladi. Landshaftdagi aloqalar teng ahamiyatli hisoblangan holda ekosistemada bu aloqalar xo'jayin (biota) tomonga qaratilgan (Preobrajenskiy, 19). V.S. Preobrajenskiyning fikricha ekosistema va geosistema orasidagi farq ularni tushunish uchun turli modellardan foydalanishdagi tafovvutlarni idrok etish sifatida ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.44 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.44 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc