Global ifloslanish REJA: GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR IFLOSLANISHNING INSONIYATGA TA'SIRI OLDINI OLISH CHORALARI Dunyo sanoatlashib borayotgani sari insoniyat uchun yangidan yangi xavf-xatarlar soni va ko'lami ham ortib bormoqda. O'tgan asrlardan boshlab yadroviy urushlar, global moliyaviy inqiroz, epidemiya, suv toshqinlari yoki cho'llanish kabi muammolarga qarshi kurashib kelinayotgan bo'lsa, yangi asr arafasida ozon qatlamining yemirilib borayotgani ular safiga qo'shilib, u keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar jiddiy ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumki, ozon qatlamining asosiy qismi stratosferada, yer yuzidan o'rtacha 15-50 km. balandlikda joylashgan. Qutblarda esa, bu bor-yo'g'i 8 km. balandlikda boshlanadi. Ahamiyatlisi, 20 kilometrdan 25 kilometrgacha oraliqdagi 5 km.da ozonning eng zich qismi bor. Tashqaridan ozon juda katta qatlamni tashkil etsada, aslida uning zichligi kam, agar u yer yuzidagi havo qadar zichlashtirilsa, atigi 3,5 mm.li yupqa plyonka hosil bo'lishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, oxirgi chorak asr davomida odamlarda teri saratoni, ko'z kasalliklari, immun tizimining susayishi kabi kasalliklar tobora ko'payib bormoqda. Qolaversa, o'simliklar dunyosi va hayvonot olamida ham sezilarli salbiy o'zgarishlar qayd etilmoqda. Ayniqsa, dehqonchilik tarmog'ida hosildorlik pasaya boshlagan. Kislorod manbayi bo'lgan daraxtlarning barglari kichrayib, fotosintez jarayoni qiyinlashmoqda. Bularning barchasiga sabab ozon qatlamida tuynuklar paydo bo'layotgani, borlari esa, tobora kattalashib borayotganligidir. Chunki, ozon Yerning qobiq qismlaridan biri bo'lib, u quyoshning zararli ultrabinafsha nurlaridan himoya qilib keladi. Ozon tuynugi dastavval, 1985-yil Antarktida ustida, keyinroq Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992-yil esa Arktika ustida kuzatilgan. Eng dahshatlisi, bundan 20 yillar muqaddam Shimoliy qutb tepasida ozon qatlamidagi tuynuk hajmi rekord darajaga - 26 mln. kv. km.ga yetganligi aniqlandi. Buni bemalol Afrika qit'asi hududiga tenglashtirish mumkin. Bu o'z navbatida, sayyoramizning o'ziga xos himoya qalqoni hisoblangan ozon qatlami muhofazasiga har qachongidan ko'proq va jiddiyroq e'tibor qaratish hozirgi davrda g'oyat muhim ekanligini ko'rsatmoqda. Ozon qatlamini muhofaza qilish to'g'risida 1985-yil Vena konvensiyasi, 1987-yil Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarga ko'ra, ozon tuynuklarni keltirib chiqarayotgan sanoatdagi xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi ta'kidlangan. Biroq, mazkur xalqaro hujjatlar ijrosiga ko'plab davlatlar yetarlicha e'tibor qaratishayotgani yo'q. O'zbekiston misolida quyidagi ishlar amalga oshirilishi taklifini bildiraman: Maktabgacha ta'lim muassasalaridan tortib Oliy ta'limning yuqori bosqichigacha ekologiya, jumladan ozon qatlamini muhofaza qilishga doir dars va mashg'ulotlarni yo'lga qo'yish; OAV va media makonni ekologik muammolar hamda ularni bartaraf etishga oid sifatli kontentlar bilan boyitish; Respublika bo'ylab har oy kamida bir marta Avtomobilsiz kun aksiyalarini o'tkazish; Yashil O'zbekiston-2040 konsepsiyasini ishlab chiqish; Ekologik muammolar keltirib chiqarayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga javobgarlikni kuchaytirish; Ekologik toza va energiya tejamkor korxona va zavodlar faoliyatini rag'batlantirish; Hududlarda jahon, xususan Finlyandiya davlati tajribasidan kelib chiqib velosiped yo'laklarini bunyod etish va ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.77 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.77 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: pptx