Guruhlarni juftlik va kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish metodi Reja: Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish, uning o'rni, roli va o'ziga xosligi Kichik guruрlarga bo'lib dars o'tishni tashkil etish va uning asosiy bosqichlari. Kichik guruhlar uchun topshiriq iayyorlash va ularning ish natijasini muhokama qilish. Tayanch so'z va iboralar: Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish metodi. Kichik guruh a'zolarining majburiyatlari. Kichik guruh modellari. Juftlikdan iborat kichik guruh. Mozaika modeli yoki kooperativ kichik guruh. Ta'lim oluvchilar soni ixtiyoriy kichik guruh. Kuzatish Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish, uning o'rni, roli va o'ziga xosligi Iqtisodiy fanlarni o'rganishda talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlovchi hamda boshqa metodlar bilan birgalikda qo'llash, talabalarni bir-birlariga ta'sir ko'rsatish imkoni keng metodlardan biri guruhlarni juftlik va kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish metodidir. Bu metod o'zaro hamkorlik, bevosita bir-biriga ta'sir ko'rsatish, axborotlarni guruh bo'lib birgalikda ishlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bu uslubda mas'uliyat ko'proq o'quvchi-talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshi-rishga qaratilgan. U yana iunisi bilan ajralib turadiki. Kichik guruhlarda ishlash davomida o'quvchi-talabalar o'z bilganlarini bir-birlariga o'rgatadilar. Natijada avval ko'rib o'tganimizdek, olingan axborotning 90%igacha eslab qolishga erishiladi. Iqtisodiy fanlarni o'qitishda muvaffaqiyatli ravishda qo'llanilayotgan metod-lardan biri bo'lib, ilg'or mamlakatlar, shuningdek mamlakatimiz pedagoglarining tajribasi kichik guruhlar tufayli ta'lim oluvchilar o'rtasida ancha mustahkam munosabat o'rnatilishini ko'rsatadi. Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish metodi - guruhni ma'lum bir mezonlar asosida 3-6 o'quvchi-talabadan iborat kichik guruhlarga bo'lib, ularni hamkorlikda ishlash, bilish jarayonini puxtalashtirish, boshqalarning fikrini eshitishga o'rgatadigan, mas'uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladigan dars o'tish metodi. Guruhni kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Unga ma'ruzaga o'xshab ikki nuqtai nazardan: 1) o'quv jarayonini tashkiliy shakli sifatida; 2) dars o'tish metodi sifatida yondashish mumkin. Kichik guruhda ishlash individual ishlashga qaraganda yaxshi natija beradi. Sababi: axborot diapazoni keng, chunki har bir talaba ma'lum axborotga ega; hamkorlik natijasida passiv talabalarning ham faolligi ortishi mumkin; ko'pgina taklif, fikrlar o'zaro tanqid natijasida saralanadi. Kichik guruh bilan ishlashning maqsadi talabalarning bilimini oshirishdir. Uslubni qo'llash natijasida talabalar tomonidan: birgalikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi; nutq so'zlash va o'z fikrini asoslab berishga, himoyalanishga o'rganadi; mustaqil fikrlash va muammolarni yechishga ishtiyoq shakllanadi; o'rganishga, ishlashga ko'nikma hosil bo'ladi. Kichik guruhlarga bo'lib o'tilgan darsda o'qituvchi yagona axborot beruvchi, taqriz qiluvchi, baholovchi shaxs sifatida markazda turmaydi. U mavzuni o'rgatuvchidan darsni tayyorlovchi va tashkil etuvchiga aylanadi. Kichik guruhlarda berilgan topshiriq bo'yicha mavzuni intensiv o'rganishga to'g'ri keladi. Qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ularni chuqur o'zlashtirishga harakat qilish natijasida olingan bilimni uzoq muddat yodda qolishiga erishiladi. Kichik guruhlarda ishlash faqat qo'yilgan ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.13 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.13 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: doc