Havo muhiti Reja: Atmosfera ifloslanishi va uning manbalari Atmosfera ifloslanishining geografik - ekologik oqibatlari Atmosferaning ifloslanishi, uning asosiy sabablari Atmosfera ifloslanishi va uning manbalari XX asrning ikkinchi yarmida atmosferaning ifloslanishi to'g'risidagi masala dolzarb global masalalardan biriga aylandi. Atmosferaning ifloslanishi tushunchasiga berilgan ko'plab ta'riflarni umumlashtirgan holda unga quyidagicha ta'rif berish mumkin: atmosferaning ifloslanishi- atmosferaning quyi qatlamlarida kishilarning salomatligi, o'simlik va hayvonot dunyosi uchun xavfli bo'lgan , tabiiy muhitning inson hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun nomaqbo'l yo'nalishlarda o'zgarishiga olib keladigan miqdordagi zararli moddalarning to'planishidir. Atmosferaning tarkibi tabiiy va inson faoliyati bilan bog'liq bo'lgan (antropogen) omillar ta'sirida o'zgaradi.Tabiiy o'zgarishlar litosfera, gidrosfera va biosferadagi o'zgarishlar bilan bog'liq. Masalan, vulkanlarning faoliyati, cho'llarda qumlarning to'zishi va uchirilishi, o'simliklarning gulchanglari, okeanlarning har xil tuz zarrachalari va boshqa chang zarrachalari atmosferada mavjud bo'lgan changlarning tabiiy manbalaridir. Yerda odamning paydo bo'lishi bilan bog'liq holda atmosferada antropogen o'zgarishlar va havoning ifloslanishi sodir bo'la boshladi. Atmosferaning mahalliy miqyoslarda ifloslaanishi anchadan buyon ma'lum bo'lsada, XX asrda umumbashariy miqyosdagi dolzarb muammoga aylandi. Kosmik tadqiqotlar atmosferaning 20 km va undan ham balandroq qismlari, ya'ni butun troposfera va stratosferaning quyi qismlari ifloslanganligini ko'rsatdi.Troposferaning quyi qatlamlariayniqsa sezilarli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi antropogen manbalardan chiqarilayotgan gazlar (90% gacha ) va aerozollar (10%) tufayli sodir bo'lmoqda.Gazdan va undagi muallaq erkin zarrachalardan , qattiq jismlarning zarrachalaridan va suyuqlik tomchlaridan tashkil topgan birikmaga aerosol (yunoncha air- havo;nemischa sol- erituvchi)deyiladi. Atmosferaga chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligi aniqlangan.Sanoatda va aholiga xizmat ko'rsatish doirasida foydalaniladigan ko'pgina moddalar zaharli bo'lganligi tufayli ularni atmosferaga chiqarish jahon mamlakatlarining katta qismida ta'qiqlangan. Ozbekistonda ham havoda zaharli moddalarning miqdori maxsux sanitariya me'yorlari bilan tartibga solib turiladi. 4-jadvalda atmosferaning ifloslanishiga sabab bo'ladigan asosiy moddalar ko'rsatilgan. - jadval Transport, sanoat, issiqlik stansiyalari va shuningdek, aholi manzilgohlari, harbiy harakatlar, sinov maqsadlarida o'tkaziladigan yadroviy portlatuvlar atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbalaridir. Transport (lot. transportara eltish, tashish, harakatlanish) - atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbasidir. Jahon avtomobil parkida hozirgi paytda 400 mln. ga yaqin avtomobillar bor. Motorlarining ish quvvati o'rtacha qilib olinganda har bir avtomobil havoga 0,2 t karbonat angidrid (CO2) va is (CO) gazini yil davomida atmosferaga chiqaradi. Bundan tashqari avtomobil (yun. autos o'zi; lot. mobilis harakatlanadigan, qo'zg'aladigan), motoridan (lot. motor harakatlanadigan) chiqadigan gazlarda azot oksidi, aldegidlar, oltingugrt gazi, ayrim og'ir metallar va aerozollar aralashmasi mavjud. Taqribiy hisoblarga ko'ra avtomobillar har yili atmosferaga 350-400 mln. t miqdoridagi gaz va aerozollarni chiqaradi. Temir yo'l, dengiz, daryo va aviatsiya transporti ham atmosferani ifloslovchi manbalardir. Masalan, 1 ta reaktiv motorli uchg'ich ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.6 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.6 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: doc